Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/827
Ustozga ehtirom — tongdan boshlangan bayram
01 октябр 2026
Ustozga ehtirom — tongdan boshlangan bayram
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun Namangan davlat pedagogika institutida bayram nafasi erta tongdan sezildi.
Institut ostonasidan kirib kelayotgan ustoz va murabbiylar talaba-yoshlar tomonidan ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabassum va yuksak ehtirom bilan kutib olindi. Bayramona ruhda tashkil etilgan kutib olish jarayonida aziz ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!