Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/829
Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat
01 октябр 2026
Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida “Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning kirish qismi bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak ehtiromni tarannum etuvchi dilbar qo‘shiq tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.
Shundan so‘ng Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov so‘zga chiqib, institut jamoasini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Rektor o‘z tabrigida ustozlik kasbining sharafi va mas’uliyati, yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish yo‘lidagi fidokorona mehnatning yuksak qadri haqida alohida to‘xtaldi. Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning ta’lim, ilm-fan va yoshlar tarbiyasidagi xizmatlarini e’tirof etib, barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etdi.