Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/850
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yakunlandi
03 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida mini futbol, voleybol, stritbol va stol tennisi bo‘yicha guruh bosqichi musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Musobaqada talabalar jamoalari sport mahorati, va sog‘lom raqobat muhitida o‘zaro bahs olib bormoqda. Jarayonda yigitlar va qizlar jamoalari ishtirok etib, jamoaviy hamkorlik borasidagi imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Mazkur sport tashabbuslari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.