Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/862
"O‘qituvchining obro‘si — bu millatning obro‘si, davlatning obro‘sidir.
03 октябр 2026
O‘qituvchining qaddi va qadri ko‘tarilmas ekan, hech bir sohada rivojlanish va sifat bo‘lmaydi."
So‘nggi yillarda, xususan, O‘zbekistonda 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni shunchaki shukronalik bayrami emas, balki jamiyatimizda o‘qituvchi kasbining qadr-qimmati va nufuzi qay darajada yuqori o‘ringa ko‘tarilganini namoyon etadigan muhim sanaga aylangan.
Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan ustozlarga yo'llagan bayram tabriklarida ustozlarga ko‘rsatilayotgan bu qadar yuksak e’tibor yurtimizdagi barcha ustozlarni quvontirdi. Ustozlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar – bo‘lajak pedagoglar zimmasiga yana ham katta mas’uliyat yuklaydi.Misol tariqasida aytaman
1.15 yillik stajga ega ustozlarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit
Bu ustozning nafaqat o‘ziga, balki uning oilasi va farzandlari kelajagiga berilgan katta davlat g‘amxo‘rligidir.
"Siz pedagog bo‘lib ishlasangiz, ertaga o‘z farzandlaringiz ham OTMda o‘qishi uchun davlat sizga foizsiz kredit imkoniyatini beradi. Bu – ustoz oilasining moliyaviy xotirjamligini ta’minlash demakdir."
2. Milliy va xalqaro sertifikati bor pedagoglarga 50% gacha ustama va imtihon xarajatlarini qoplash
Ilgari sertifikat olish uchun imtihon to‘lovini o‘qituvchi o‘z yonidan to‘lagan bo‘lsa, endi bu xarajatlar qoplab beriladi. Sertifikat olgan ustozning maoshiga 50% gacha ustama qo‘shiladi.
"Bugun chet tili yoki o‘z faningiz bo‘yicha sertifikat olsangiz, o‘qishni bitiriboq yuqori maosh olishni boshlaysiz. Davlat sizning bilimingiz va intilishingizni darhol moliyaviy rag‘batlantiradi."
3. Har bir tuman va shahardagi "Lider o‘qituvchilar"ga 30 million so‘mlik mukofot
Har yili respublikamizdagi 208 ta tuman va shaharlarda eng ilg‘or va lider ustozlar alohida e’tirof etilib, bir martalik 30 million so‘mlik rag‘batlantirish puli beriladi.
"Siz qaysi tumanda ishlashingizdan qat’i nazar, o‘z ustingizda ishlasangiz va natija ko‘rsatsangiz, mehnatingiz hududiy darajada munosib baholanadi hamda rag‘batlantiriladi."
Ustozlik kasbi – eng sharafli va kelajakni belgilab beruvchi kasbdir. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z sohamizning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishimiz – O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilgan eng katta hissa bo‘ladi.