Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/873
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: VOLEYBOL
05 октябр 2026
Musobaqa davomida jamoalar maydonda o‘zaro bahs olib borib, har bir ochko uchun munosib kurashdilar. Ishtirokchilar to‘pni qabul qilish, uzatish va aniq zarbalar berish orqali o‘zlarining sportdagi mahoratlarini namoyish etdilar.
Uchrashuvlarda jamoaviy kelishuv, tezkor qaror qabul qilish va sheriklarini qo‘llab-quvvatlash muhim omil bo‘ldi. Ayniqsa, hal qiluvchi ochkolar uchun kechgan bahslar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Voleybol bahslari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish bilan birga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun ham yaxshi imkoniyat yaratdi.
Sport bilan do‘st bo‘lgan yosh — sog‘lom va faol kelajak bunyodkoridir!