Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/880
Ayni damda Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar musobaqasi ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda.
06 октябр 2026
Musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, sport va hamjihatlik muhitini namoyon etishmoqda.
Yugurish jarayonlari “Yugur” elektron platformasi orqali qayd etilib, ishtirokchilarning natijalari elektron tizim asosida monitoring qilinmoqda.
Tadbir davomida xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida ayrim hududlarda vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etilgan bo‘lib, mas’ul tashkilotlar tomonidan tartib-intizom nazorat qilinmoqda.
“Talaba — yugur” musobaqasi yoshlarni sog‘lom va faol hayot tarziga chorlovchi yirik sport tadbirlaridan biri sifatida davom etmoqda.