Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/888
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: STOL TENNISI
06 октябр 2026
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: STOL TENNISI
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yil Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultetning sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan faol talabalari ishtirok etib, stol tennisi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda yoshlar tezkor fikrlash, chaqqonlik, aniqlik va mahorat borasida o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sport bilan do‘st bo‘lgan yosh — kelajakka dadil qadam tashlaydi!