Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/891
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI
06 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat ruhida o‘tkazildi.
Sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
🏅 G‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.