info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“BIR HAFTADA — BIR KITOB” LOYIHASI SOVRINDORLARI TAQDIRLANDI

🏛️ Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Bir haftada — bir kitob” loyihasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

09 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 22 marta ko‘rilgan

🏛️ Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Bir haftada — bir kitob” loyihasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


 

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Isoqboyev, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Z. Haydarov, Filologiya kafedrasi mudiri R. Tillayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari O. Madaminov va M. Umarova hamda faol kitobxon talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida kitob mutolaasining inson kamoloti, dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talabalarni muntazam mutolaa bilan shug‘ullanishga undash va kitobni bilim manbai sifatida qadrlashga o‘rgatish muhimligi qayd etildi.


 

Taqdirlash marosimi davomida loyiha doirasida faol ishtirok etgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan talabalar e’tirof etildi. Ularning kitobxonlikka bo‘lgan intilishi, o‘z ustida ishlashi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishi boshqa talabalar uchun ham namuna ekani ta’kidlandi.

Tadbir doirasida talabalar uchun qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, ularning adabiyot, tarix va ma’naviyatga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, “Kitob daraxti” ko‘rgazmasi namoyish etilib, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan o‘ziga xos tashabbuslar taqdim qilindi. Mazkur tadbirlar ishtirokchilarda mutolaaga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otib, kitobxonlikni ommalashtirishga xizmat qildi.


 

“Bir haftada — bir kitob” loyihasi orqali talabalarda muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, fikrlash doirasini kengaytirish va bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.


 

📖 Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat ko‘zgusi va taraqqiyot kalitidir!

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing