Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/937
🏆 REKTOR STIPENDIYASI SOHIBLARI TAQDIRLANDI
10 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida bilimga chanqoq, intiluvchan va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rektor stipendiyasi sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎓 Taqdirlash marosimida o‘qishdagi yuqori natijalari, bilim olishga bo‘lgan intilishi hamda faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarning yutuqlari e’tirof etildi.
✨ Ushbu e’tirof yoshlarni yanada katta marralar sari ruhlantirish, ularning bilim va salohiyatini namoyon etishiga ko‘maklashish hamda ta’limdagi yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
👏 Stipendiya sohiblarini samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ta’lim va izlanishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar yor bo‘lsin!