info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
4+2 amaliyoti

Boʻlajak maxsus pedagoglarning kasbiy mahorati va amaliy koʻnikmalari sinovdan oʻtkazilmoqda

Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining "4+2" amaliyot tizimi doirasidagi faoliyati izchil nazorat qilinib, ularning taʼlim muassasalaridagi tayyorgarlik jarayonlari yuqori darajada tahlil etilmoqda. Shu jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 48-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlajak maxsus pedagoglarning amaliyot faoliyati maxsus oʻrganildi.

14 октябр 2026 4+2 amaliyoti 18 marta ko‘rilgan

Jarayon Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Mashxura Xasanova tomonidan bevosita nazorat qilindi. Kuzatuv davomida quyidagi muhim jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Talabalarning oliy oʻquv yurtida olgan nazariy bilimlarini real taʼlim muhitida va maxsus bolalar bilan ishlash jarayonida qay darajada qoʻllayotgani koʻrikdan oʻtkazildi.

 Oʻquvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan samarali muloqot oʻrnatish, ishonch muhitini yaratish hamda ijtimoiy-psixologik iqlimni taʼminlash koʻnikmalari baholandi. Dars ishlanmalarini tuzish, maxsus didaktik vositalar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi tahlil qilindi.

Tahlillar yakunida boʻlajak mutaxassislarga amaliy faoliyat samaradorligini yanada oshirish, har bir oʻquvchining shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib individual yondashuvni kuchaytirish boʻyicha zarur metodik tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Bunday amaliy monitoringlar kelgusida yuqori malakali, raqobatbardosh maxsus pedagog kadrlarini tayyorlashda muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing