Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/965
PSIXOLOGIK TRENING — O‘ZLIKNI ANGLASH VA IJOBIY MUHIT SARI!
14 октябр 2026
Trening davomida talabalar turli psixologik mashqlar va hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarda faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar orqali ularning xarakter xususiyatlarini anglash, o‘zini o‘zi tahlil qilish, shaxsiy fazilatlarini to‘g‘ri baholash hamda boshqalar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Trening jarayonida talabalar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki muhit shakllanib, ularning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishi hamda faol ishtiroki kuzatildi.
Bunday psixologik mashg‘ulotlar birinchi bosqich talabalarining yangi ta’lim muhitiga moslashishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi va jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.