info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

O'lkashunoslik Davlat Muzeyiga Ma'naviy - Ma'rifiy sayohat

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fakulteti Tarixiy va falsafiy fanlar kafedrasi o'qituvchilari F. Baxriddinova va M. Abdujabborovlar rahbarligida Tarix yo'nalishi 3-bosqich talabalari uchun O'lkashunoslik davlat muzeyiga ma'naviy-ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

14 октябр 2026 Yangiliklar 18 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fakulteti Tarixiy va falsafiy fanlar kafedrasi o'qituvchilari F. Baxriddinova va M. Abdujabborovlar rahbarligida Tarix yo'nalishi 3-bosqich talabalari uchun O'lkashunoslik davlat muzeyiga ma'naviy-ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

  Talabalar o'quv jarayonida o'rgangan tarixiy davrlar, moddiy madaniyat namunalari va o'lka tarixi bo'yicha ma'lumotlarni muzey eksponatlari timsolida bevosita ko'rib chiqishdi. O'tmishimizga oid qadimiy ashyolar, qo'lyozmalar, numizmatika namunalari va etnografik buyumlar bilan yaqindan tanishish orqali talabalarda tarixiy davr manzarasi jonli gavdalandi.

 Bo'lajak tarix o'qituvchilari va mutaxassislari muzey eksponatlarini o'quvchilarga yetkazish metodikasi, muzey pedagogikasi imkoniyatlari bilan ham tanishishdi. Muzey zallarida namoyish etilgan boy eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. O'lkamizdan topilgan qadimiy mehnat qurollari, idish-tovoqlar va arxeologik topilmalar o'sha davr kishilarining turmush tarzi haqida keng tasavvur berdi.

 Milliy hunarmandchilik namunalari, kashtachilik buyumlari, milliy liboslar va uy-ro'zg'or buyumlari xalqimizning boy madaniy merosini namoyon etdi. Namangan viloyatining ilm-fan, ma'rifat va jamoat hayotidagi tarixiy o'zgarishlarni yorituvchi hujjatlar hamda fotosuratlar talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Sayohat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga kafedra o'qituvchilari va muzey mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi. Bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarning tarix faniga bo'lgan muhabbatini kuchaytirib, ularning ilmiy-ijodiy izlanishlariga zamin yaratadi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing