Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/967
TURIZM VA MEHMONDO‘STLIK YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN MALAKAVIY AMALIY JARAYONI
14 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi TM-25-guruh talabalari uchun kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida navbatdagi malakaviy amaliyot Namangan shahrida joylashgan turizm obyektlarida tashkil etildi.
Amaliyot davomida talabalar turizm sohasida faoliyat yuritayotgan obyektlarning ish jarayoni, xizmat ko‘rsatish tartibi hamda sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, turistik obyektlarning faoliyati, hududning tarixiy va madaniy merosi, sayyohlik salohiyati hamda mehmondo‘stlik xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy mahoratini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislarining bilim va tajribasini oshirish, ularda kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.