Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/971
TALABALAR O‘RTASIDA KIYINISH MADANIYATI, SALOMLASHISH ODOBI VA ICHKI TARTIB-INTIZOM
15 октябр 2026
Davra suhbati davomida talabalarga kiyinish madaniyati, ozodalik va tashqi ko‘rinishga e’tibor berish, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq kiyinishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, salomlashish odobi, kattalarga hurmat, tengdoshlar bilan muomala madaniyati va jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kiyinish va muomala madaniyati insonning odobi, dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi muhim jihatlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida talabalarning savollari tinglanib, ularni institutning ichki tartib-intizomiga qat’iy rioya qilish, o‘zaro hurmat va yuksak muomala madaniyatini shakllantirishga chaqirildi.