Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/979
TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
15 октябр 2026
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi xavfsizlik holati, ijtimoiy-maishiy sharoitlari hamda ta’lim olish jarayoni bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini doimiy nazorat qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish va ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.