Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/984
Bilim sifati raqobatni belgilaydi Maktabgacha talimdan oliygohgacha : bitta vazirlik va yangi avlod kadrlari
15 октябр 2026
Maktabgacha talimdan oliygohgacha : bitta vazirlik va yangi avlod kadrlari
Namangan haqiqati gazetasining 15-oktabrdagi sonida Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti Bahtiyor Otaxonov va Namangan davlat pedagogika instituti Muqddas Fozilovalarning "Maktabgacha talimdan oliygohgacha : bitta vazirlik va yangi avlod kadrlari " nomli maqolasi chop etildi .
Maqolada soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim qamrovi 27 foizdan 74 foizdan ziyodroqqa oshib, bolalar soni 2,5 million nafarga yetgani, oliy taʼlim qamrovi esa 9 foizdan 42 foizgacha koʻtarilib, OTMlar soni 200 tadan oshgani har bir taʼlim bosqichining alohida faoliyat yuritishi taʼlim sifatini muvofiqlashtirishda muammolarni keltirib chiqargani sababli, bogʻchadan tortib doktoranturagacha boʻlgan bosqichlarni birlashtiruvchi yagona boshqaruv tizimi yaratilgani tilga olinadi .
Shuningdek, Pedagogik yoʻnalishdagi oliygohlar endi faqat nazariy bilim emas, balki maktab va bogʻchalarning real ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashi va oʻqituvchilarning kasbiy standartlari respublika boʻyicha bir xil talab va mezonlar asosida shakllantirilishi , mamlakatda 500 mingdan ortiq pedagog faoliyat yuritayotgani, ularning malaka toifalari va oʻratasida yagona hamda shaffof mexanizm zarurligi bois, bilimi va natijadorligini baholaydigan unifikatsiyalashgan tizim hayotga tatbiq etilayotgani, bogʻcha mashgʻulotlaridan boshlab maktab darsliklari va oliygoh qoʻllanmalariga boʻlgan barcha adabiyotlar bitta ilmiy-metodik konseptual goya asosida yaratilishi zarurligi yoritilgan .