Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-03-12 03:50:40   |      236

Kosmos va aviatsiya sohalarida keng foydalaniladigan karbon tolalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi


NamDPI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova raisligida o‘tkazildi. Unda 2023/2025-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar va 2023/2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha tasdiqlandi.

Kengash a’zolari loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha muhokama ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

2023/2025-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar roʻyxati

T/r Loyiha nomi Loyiha rahbari Ijrochi tashkilot

Loyihani bajarish muddati

(yil)

Ajratilgan mablagʻ

(mln. soʻmda)

“Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
1 Organik kartoshka yetishtirishda uning zararli organizmlariga qarshi nematodalar hamda antagonist-mikroorganizmlar asosida biopreparatlar yaratish Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Tillyaxodjayeva Nigora Ruzimatovna Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti 2 1 579,357*
“Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha
2 Yengil va oʻta mustahkam (poʻlatga nisbatan 5 barobar) karbon tolalarini muqobil energiya manbasi hisoblangan Katta Quyosh qurilmasi bazasida ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish Texnika fanlari nomzodi Nurmatov Shavkat Rasulmatovich OʻzR FA “Fizika-Quyosh” IIChB Materialshunoslik instituti 2 1 493,615
3 Neft va gaz korxonalaridagi quvur va sigʻimlarni korroziyadan himoyalash hamda yaroqsiz holatdagilarini qayta ishga tushurish uchun yuqori fizik-kimyoviy mustahkamlik va antikorrozion xususiyatlarga ega polimer qoplamalar olish texnologiyasini yaratish Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Qiyomov Sharifjon Nozimovich Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 2 1 049,942
Jami: 4 122,914

 

Mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Agrobank” ATB oʻrtasida 2021-yil 19-oktabrda imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan “Agrobank” ATB tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

2023/2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha

T/r Loyiha nomi Loyiha rahbari Ijrochi tashkilot

Loyihani bajarish muddati

(yil)

Ajratilgan mablagʻ

(mln. soʻmda)

“Matematika, fizika va mexanika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
1. Matematika fanidan qoraqalpoq tilidagi izohli lugʻat va uning onlayn-platformasini yaratish Fizika-matematika fanlari nomzodi Kurbanbayev Tuoʻelbay Kadirbayevich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1 348,978
Jami: 348,978