Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-05-11 12:46:33   |      169

"Psixoaktiv moddalarga qarshimiz" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.


NamDPI

Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda, yoshlar o‘rtasida ushbu illat bilan bogʻliq boʻlgan nohush holatlarni erta oldini olish, uning salbiy oqibatlari va inson hayoti uchun naqadar ogʻir taʼsir koʻrsatishi borasida atroflicha maʼlumotlar yetkazildi.

Uchrashuvda, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abdurahmonov, institut psixologi N.Dadabayeva, viloyat hokimligi huzuridagi Narkotik va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasi mas’ul kotibi R.Boqiyev, viloyat narkologiya dispanseri bosh vrachi J.Sheraliyev, viloyat IIB JQB mas’ul xodimlari J.Karimov, D.Toshxo‘jayev va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan shahridagi vakili o‘rinbosari, Namangan shahridagi "Boqi polvon" jome masjidi imom-xatibi A.Samadovlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda, yoshlar o‘rtasida ushbu illat bilan bogʻliq boʻlgan nohush holatlarni erta oldini olish, uning salbiy oqibatlari va inson hayoti uchun naqadar ogʻir taʼsir koʻrsatishi borasida atroflicha maʼlumotlar yetkazildi.

Namangan davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati