Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-05-12 11:50:18   |      248

Namangan davlat pedagogika instituti rektori tomonidan talabalar uchun dars mashg'ulotlari o'tkazildi.


NamDPI

Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tishmoqda.

Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tishmoqda.

Bugun Namangan davlat pedagogika institutining Kimyo yo'nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun institut rektori v.v.b., Murodxon Qodirxonov tomonidan dars mashg'ulotlari tashkil etildi.

Dars mashg'ulotlari davomida, talabalarga ta'lim tizimidagi so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar hamda yangiliklar, xalqaro grandlar va tanlovlar, ilmiy-pedagogik faoliyat, mutaxassislikni puxta egallash, xususan, bugungi kunda kimyo sohasi bo'yicha mutaxassislar va pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj masalalarida atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.