Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-05-17 12:17:48   |      262

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari "Munozara" intellektual oʻyini boʻyicha viloyat birinchiligini qoʻlga kiritishdi.


NamDPI

Kuni kecha, Namangan davlat universitetining Axborot resurs markazida “Munozara” respublika intellektual tanlovining Namangan viloyat saralash bosiqichi oʻtkazildi.

Kuni kecha, Namangan davlat universitetining Axborot resurs markazida “Munozara” respublika intellektual tanlovining Namangan viloyat saralash bosiqichi oʻtkazildi.

Ushbu bellashuvlarda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari: NamDPI, NamDU, NamMTI, NamMQI, NamDChTI va KIUT Namangan jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan baxslarda jamoalar oʻzlarining notiqlik mahoratlari, ilmiy asoslangan faktlar va mavjud jarayonda oʻz pozitsiyalarini himoya qilish koʻnikmalari, oʻzaro hurmat va oʻyin qoidalariga rioya qilish boʻyicha sinovdan oʻtkazildi hamda yakunda Namangan davlat pedagogika institutining "Legion" jamoasi gʻoliblikni va respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.