Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-05-17 12:18:59   |      168

Yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga barchamiz birdek mas’ulmiz!

NamDPI

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasasi rahbarlari mahallalardagi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularga ijtimoiy ko‘mak berish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joylarda doimiy tarzda uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Namangan davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Murodxon Qodirxonov o'ziga biriktirilgan Kosonsoy tumani, Chindovul qishlog‘i, Uchqo‘rg‘on mahallasida yashovchi 43 nafar yoshlar bilan suhbat va uchrashuvlar o'tkazib, ularning holidan habar olmoqda.

Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan ushbu mahalladagi yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, muammolarini o‘rganish va ularni o'z o'rnida hal etish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurmoqdalar.

Navbatdagi tashrif, bugun ushbu mahallaning "Ibrat" ko‘chasida yashovchi yoshlarning xonadonlarida bo'ldi hamda yoshlar va ularning ota-onalari bilan yaqindan suhbat olib borildi.