Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-05-27 09:27:31   |      243

"Eng yaxshi notiq talaba" tanlovi g'oliblari aniqlandi.

NamDPI

Talaba-yoshlar o'rtasida mustaqil fikrlovchi, o'z fikrini erkin ifodalay oluvchi va dunyoqarashi keng bo'lgan yoshlarni aniqlash va ularni qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Eng yaxshi notiq talaba" tanlovining Namangan davlat pedagogika instituti bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda, Namangan davlat uyniversiteti professor-o'qituvchilari M.Sulaymonov, D.Babaxanova va Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi bo'lim boshlig'i A.Akbarovlar ishtirokchilarini baholab borishdi.

Tanlov yakunida, quyidagi ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

1-o'rin Sadoqat Xusanova
2-o'rin Mahmudjon Mahkamov
3-o'rin Dostonbek Turg'unboyev

G'oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom, esdalik sovg'alari va o'rinlarga mos tarzda 600, 400 va 200 ming so'm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.