Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-06-07 12:09:06   |      301

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari "Siz yangi qonunni bilasizmi?" viktorinasi g'olibi bo'lishdi.

NamDPI

Bugun oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini ya’nada oshirish, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlaridan xabardor qilish maqsadida Davlatobod tumanida joylashgan "Yangi O'zbekiston Yoshlar ziyo maskani" axborot kutubxona markazida "Siz yangi qonunni bilasizmi?" mavzusidagi viktorina bellashuvlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Viktorinada, talaba-qizlaridan tashkil topgan NamDPI, NamDU, NamMTI va NamMQI jamoalari o‘zaro bilimlarini sinovdan o'tkazishdi hamda yakunda Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi qizlari ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

Tanlov g'oliblari, bugun gullar festivali doirasida tashkil etiladigan bayram dasturida taqdirlanadilar!