Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-06-07 12:16:14   |      198

Namangan davlat pedagogika institutida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining institut bosqichi o'tkazildi.

NamDPI

Kuni kecha, institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori tomonidan talaba-yoshlarning ilmiy va innovatsion g‘oyalar hamda loyihalarni saralab olish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining OTM bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda, turli ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o'zlarining texnologik ishlanmalari, qurilmalari va ixtirolari, mutaxassisliklari doirasida yaratilgan platforma va dasturlar bilan ishtirok etishdi.

Tanlov yakunida quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

1-o‘rin Odiljonova Nilufar
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi;
2-o‘rin Mamadjonov Muhammadali
Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabasi;
3-o‘rin Aldamuratova Aliya
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi talabasi;