Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-10-24 07:35:08   |      649

Xalqaro hamkorlik bo'limi


NamDPI

Bo'lim boshlig'i - Tursunpulatov Alisher Muxammad o'g'li

email: uzbalisher123@gmail.com

 

 

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi A. I. Gertsen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)  
Mutaxassisligi Pedagogik ta'lim. (Profil: jismoniy tarbiya ta'limida fitnesni boshqarish)  
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi Rossiya federatsiyasi
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В СФЕРЕ ТУРИЗМА И ТУРИСТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
(НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКИСТАНА)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi -
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi Ta'lim va boshqaruv
Ilmiy rahbarligi -
Nashr qilingan maqolalari Rossiyada OAK tomonidan indekslangan jurnallarda 2 ta maqola chop etilgan va 10 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan.
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki -
h indeksi -
O‘quv fani Jismoniy tarbiya va sport, menejment
O‘quv-uslubiy ishlari -
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati O'zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulligi, Dol "Karelskaya Berezka" Leningrad viloyatidagi bolalar lageri va Sankt-Peterburg shahridagi 636-o'rta umumta'lim maktabilarida ko'ngilli sifatida ishlagan.
Davlat mukofotlari -
2023-yilda institutninig  o‘quv jarayoniga jalb etilgan horijiy mutahassislar to‘grisida ma'lumot: 
2023 yil aprel oyida Rossiyaning Janubiy Ural federal universitetining Madaniyatlararo kommunikasiya instituti professori Marina Sereshkoning “Frazeologik birliklar” mavzusida, may oyida Germaniyaning Mayns universiteti professori Mixayl Shrayberning “Chet tili darslarida tarjima mashqlarining o‘rni” mavzusidagi vebinar ma'ruza mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
2023 yil mart oyida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti professori Saykina Elena Gavrilovna ishtirokida “Gimnastika va fitnes texnologiyasi” fanidan vebinar ochiq ma'ruza darsi tashkil qilingan.
2023 yil aprel oyida Gresiyaning Aristotel universiteti professori Antonios Papaoikonomou institut talabalariga “Tilshunoslik tarixi”, “Evropa tillarining sosiologik tahlili”, “Til va jamiyat nazariyasi” mavzularida ma'ruza mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
2023 yil 23 iyun kuni AQShning Garvard universiteti professori, katta ilmiy xodim Devid Bafford, Chikago universiteti “Field” muzeyi hayot fanlari bo‘lim boshlig‘i doktor Richard Ri, ushbu universitet doktoranti Samanta Jeyn Levinlar ishtirok etishgan.
3 nafar xorijiy mutaxassis o‘quv jarayoniga jalb etilgan. 
“Professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqotlarini rivojlantirish, h-index ko‘rsatkichlarini oshirish 11 ta seminar va mahorat darslari tashkil etilgan. 
            2023-yilda horijiy davlatlarga yuborilgan hodimlar to‘grisida ma'lumot.
Institutning 12 nafar o‘qituvchisi Xorijiy OTMlarda stajirovka o‘tishlari tashkil etildi.
Hamkorlik o‘rnatilgan horijiy oliy ta'lim muassasalari
2023-24-yilda institut quyidagi TOP 1000 talikdan o‘rin olgan va boshqa xorijiy OTMlar bilan memerandumlar imzolangan. 
 Jumladan:
 Xitoy fan va texnologiya universiteti;
 Filandiya Respublikasi Kareliya universiteti;
 M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti;
 Udmurt davlat universiteti;
 Osh davlat universiteti;
 A.S.Pushkin nomidagi Brest Davlat universiteti;
 Grodno Davlat universiteti; 
 Polotsk davlat universiteti; 
 Belarus davlat qishloq xo‘jaligi Akademiyasi; 
Mazkur universitetlar bilan  professor-o‘qituvchilar almashinuvi va malaka oshirishi; 
— talabalar almashinuvi; 
— hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, anjumanlar o‘tkazish va boshqa bir qator faoliyatlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Institutda ayni paytda Qozog'istonning TOP-1000 universitetlariga kiruvchi (E. A. Buketov nomidagi Qoraqalpog‘iston universiteti) va (Al-Farabi nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti)lari o‘rtasida hamkorlik muzokaralar olib borilmoqda.
NamDPIning xalqaro talabalari to‘g‘risidagi ma'lumot.
Bugungi kunda institutimizda 4 nafar xorijiy davlat fuqarosi (Qirg‘iziston Respublikasi) pedagogika fakultetida, boshlang'ich ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda.
Namangan davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlik bo‘limining               2024-yilda ish samaradorligini oshirish va xalqaro tajribalar hamda ularni institutda keng muqiyosda tatbiq qilish yuzasidan tuzgan «Rejasi» mavjud.
2024-yil 15-mart va 28-may kunlari Namangan davlat pedagogika institutida 2 ta xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilmoqta.
Jumladan,
1.  Qozxistoning xalqaro pedagogik ijod va fanni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan «Inklyuzivnoe obrazovanie: Neprerivnost' i Preemstvennost'» mavzusida o‘tkaziladigon xalqaro konferensiyada ishtirok etish;
2. NamDPIda «Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda axloqiy-estetik tarbiyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari»nomli xalqaro konferensiyani o‘tkazish. 
2024-yilning 31-dekabr oyiga qadar Institutning bir qator professor-o‘qituvchilarini chet elda tajriba orttirish maqsadida Belarus Respublikasi,  Rossiya Federatsiyas, Qozog‘iston, Turkiya va  Finlyandiyaga stajirovka o‘tash uchun yuborish.
2024-yilning  sentyabr oyiga qadar Yanki Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti bilan 2 ta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturini yo‘lga qo‘yish. 
Institutda yil davomida O‘zbekiston Respublikasida joylashgan mamlakat konsulliklari bilan ishlash va ularda mavjud grant loyixalarida institutni ishtirokini ta'minash.
Xulosa 
Shunday qilib, pedagogik ta'limdagi xalqaro munosabatlar ta'limning innovasion rivojlanishiga ko‘maklashish, ta'lim sifatini oshirish va o‘quv jarayoni ishtirokchilari uchun imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Globallashuv va xalqaro hamkorlik zamonaviy ta'lim muhitining ajralmas qismidir.
 
 
 
Chet ellik abiturientlar zamonaviy ta'lim olishlari uchun institutda yaratilgan imkoniyatlar 
 
Namangan davlat pedagogika institutida chet ellik abiturientlar zamonaviy ta'lim olishlari uchun turliy hildagi shart-sharoitlar yaratilgan. Bizning institutimizda xalqaro talabalar uchun o‘qishning ba'zi afzalliklari:
1. Institut maqomi: Namangan viloyati bo‘yicha nufuzli pedagogik oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
2. Sifatli ta'lim: institutda  yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, so‘ngi turdagi o‘quv resurslari va zamonaviy jihozlar mavjud. 
3. Tadqiqot imkoniyatlari: institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi va talabalarga ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini

beradi va ko‘maklashadi.
4. Qulay joylashuv: Namangan davlat pedagogika instituti viloyat markazida joylashgan.
5. Chet tillaridagi dasturlar: Namangan davlat pedagogika institutida xorijiy talabalar rus tilida ta'lim olishlari mumkin.
6. Madaniy tadbirlar: institut talabalari o‘zbek madaniyati va an'analari bilan yavindan tanishishlari hamda turli xil madaniy tadbir- festivallar, ko‘rgazma va konsertlarda ishtirok etishlari mumkin.
7. Xorijlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash: institutda xorijlik talabalar uchun maxsus dasturlar va xizmatlar, shu jumladan, kuratorlik yordami, akademik yordam va ko‘ngilochar tadbirlar mavjud.
10. Akademik mobillik uchun imkoniyatlar: institutda xorijiy OTMlarda va ilmiy markazlarda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini taqdim etish orqali talabalarning akademik harakatchanligini faol rivojlantiradi.

Namangan davlat pedagogika instituti xorijlik abiturientlarga nafaqat yuqori sifatli ta'lim, balki muvaffaqiyatli o‘rganish va yangi ta'lim muhitiga moslashish uchun keng ko‘lamli qo‘shimcha imkoniyatlarni ham taklif yetadi.