Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2023-11-02 06:31:41   |      576

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi


Kafedra mudiri: Azizov Sobitxon Valiyevich

Email: azizovsobithon56@gmail.com

Telegram: @azizovsobithon

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (kunduzgi ta’lim)

 
Mutaxassisligi

Jismoniy tarbiya

 
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi

-

 
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi

Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilarda o‘z shaxsini o‘zi aniqlashni shakillantirishda guruh rahbarining faoliyati

 
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi

Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilarda o‘z shaxsini o‘zi aniqlashni shakillantirishda guruh rahbarining faoliyati

 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi

13.00.01. Pedagogika nazariyasi va tarixi.

 
Ilmiy rahbarligi

Bakalavr 20 dan ortiq, magistr 10 dan ortiq, PhD 3 nafar ilmiy rahbarlik

 
Nashr qilingan maqolalari

Xalqaro 8ta OAK tasarrufidagi jurnallar 10dan ortiq, Respublika jurnallari 10dan ortiq

 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki

(DITD-2), F-7-19 “Mahalliy polisaharidlarninig molekulyar massaviy va fizik-kimyoviy hossalari va ular asosisadagi polikomplekslar”

 
h indeksi

2

 
O‘quv fani

Sport turlarini o‘qitish metodikasi

 
O‘quv-uslubiy ishlari

 Gandbol o‘yini darvozabonini tayyorlash metodikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2008 yil.

 
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati

Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot guruhi a’zosi

 
Davlat mukofotlari -

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tarixi

   2024-yil 1-aprel Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti negizida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kaferaning ilmiy salohiyati 32.2% tashkil etib, 20 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib boradilar. Bulardan asosiy shtatda 9 nafar, tashqi o’rindoshlik asosida 11 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 1 ta yo’nalish kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar 60112201-Jismoniy madaniyat yo’nalishi, sirtqi ta’lim shaklida 60112201-Jismoniy madaniyat yo’nalishi (sirtqi ta’lim) hamda 70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxasisliklari bo’yicha magistr talabalari tahsil oladilar.

 Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o'quv va o'quv-metodik ishlari.

   Professor-o’qituvchilar tomonidan 2 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanmalar chop etilgan va amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida  ilmiy maqola va tezislar  e’lon qilinmoqda.  Impakt faktorli yuqori bo’lgan  jurnallarda hamda respublikada o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda 32 ta maqolalar  chop ettirildi.

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

 hamkorlik aloqalari

   Kafedra bilan Namangan viloyati Futbol akademiyasi, Namangan shahar 31-sonli umumta’lim maktabi,  66-sonli umumta’lim maktabi, 7-sonli umumta’lim maktabi 11-sonli umumta’lim maktabi hamkorlik shartnomalari imzolangan. Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan.

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tarkibidagi sport to’garaklari faoliyati

   Kafedrada ,,Gandbol”, “Voleybol” (qizlar) “Mini futbol”, “Basketbol“ “Kurash (qizlar)’’, “Shaxmat shashka”, ,,Yengil atletika“, ,,Voleybol” (o’g’il bolalar) sport nto’garaklari faoliyat olib bormoqda.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institut hududida xodimlar uchun ertalabki badantarbiya muntazam tashkil etilmoqda

Namangan davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni” mavzusidagi haftalik doirasida sportning Shaxmat turi bo'yicha musobaqa bo’lib o’tdi.

Musobaqani Jismoniy madanyat va sport kafedrasi o’qituvchisi Mahmudjonov Asilbek hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi mutaxassisi Murodjon Nabijonovlar olib borishdi.