Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2024-04-06 11:15:14   |      921

Pedagogika va psixologiya kafedrasi


Kafedra mudiri: Oribboyeva Dilafruz Dadamirzayevna

email: alinbayeva_1981@gmail.com

Telegram: @Oribboyeva 

 

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Namangan davlat universiteti
Mutaxassisligi Boshlang’ich ta’lim
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi -
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi “Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlik rivojlanishining psixologik xususiyatlari” (2022 yil )
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi Talabalik davrida shaxsiy refleksiyani rivojlantirishning psixologik shart sharoitlari.
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi 19 00 06 Rivojlanish psixologiyasi. Yosh va pedagogik psixologiya
Ilmiy rahbarligi bakalavr (12), magistr (3)
Nashr qilingan maqolalari Jurnal /OAK-6, xorijiy-1.
Konferensiya /respublika-62, xalqaro-12
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki Ijtimoiy:
1.“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi Namangan filialining AQShning
O‘zbekistondagi Elchixonasi granti doirasida “Namangan viloyatida
istiqomat qiluvchi qurolli to‘qnashuvlar hududlaridan qaytib kelgan oilalarni reabilitatsiyasiga ko‘maklashish” loyihasi ijtimoiy xodim;
2.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Barqaror Hayot” xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazi Namangan filialining “Inson
qadri ulug‘langan yurtda xech kim e’tibordan chetda qolmas” nomli grant
loyihasida psixolog.
h indeksi 2
O‘quv fani Umumiy psixologiya, ontogenez psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixodiagnostika va korreksiya
O‘quv-uslubiy ishlari darslik (3), o‘quv qo‘llanma (2), boshqa o‘quv adabiyotlari (5).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati -
Telegramm akkkaunti -
Rasmiy elektron pochtasi dilafruz.oribboyeva@mail.ru
Davlat mukofotlari -

 

Kafedra tarixi

Namangan davlat pedagogika institutida 2023 yil 4-sentyabrda  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi negizida  Pedagogika va psixologiya fanlarni o‘qitish metodikasi  kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 33%  tashkil etib, 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Jumladan, 1 nafar pedagogika fanlari nomzodi, 3 nafar  pedagogika  fanlari va psixologiya  fanlari  bo‘yicha falsafa doktorlari , 1 nafar katta o‘qituvchi 3 nafar  o‘qituvchi va 4  nafar stajiyor-o‘qituvchilarni tashkil etadi. Kafedrada 4 ta  yo‘nalish kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar  60110100 - Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi), 60112700-Maxsus pedagogika (logopediya), 60110300- Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi, 60310900-Psixologiya (amaliy psixologiya), 60110100-Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) (sirtqi) ta’lim yo‘nalishlarida  bakalavrlar hamda, 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi, 70110102 -Pedagogika va psixologiya, 70110103-Ta’lim muassasalarini  boshqaruvi mutaxasisliklari bo‘yicha magistrant talabalar tahsil oladilar.

Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari

    Kafedra professor o‘qituvchilarining  maqsadi ma’nan  yuksak va barkamol  pedagog shaxsini  tarbiyalash  hamda kelajak pedagoglarining kasbiy va  shaxsiy hislatlarini shakllantirish, uning  ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning yosh va jins xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta  bilishga o‘rgatishdan iborat.          

Bundan tashqari:

-Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish;

-Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning  turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, ьa'ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

-Boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan turli kasbdagi faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

-Ilmiy-nazariy va amaliy konferentsiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

-Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish  ham yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yil  27-oktyabr "Sog‘lom talaba - sog‘lom fikr" mavzusida aksiya o‘tkazildi. Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qtish metodikasi kafedrasi professor o‘qituvchilari D.Oribboyeva, M.Vaxobova va maxsus pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan "Sog‘lom talaba - sog‘lom fikr" mavzusida aksiya tashkil qilindi.

2023-yil 1-noyabr kafedraning  professor-o‘qituvchilari “Karlar jamiyati Namangan viloyat bo‘limiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida jamiyat raisi I.Normirzayev bilan  o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

2023 yil  14-noyabr  Maxsus pedagogika (logopediya) yo‘nalishi 1-2 kurs talabalari tomonidan 14-noyabr Xalqaro logopedlar kuniga bag‘ishlangan "Kasbim — mening faxrim" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda logoped kasbi va uning bugungi kundagi dolzarbligi va ahamiyati, mashaqqatli lekin savobli kasb ekanligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek,  yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatish ushbu kasbning eng asosiy maqsadi ekani tushuntirildi.

Kafedraning bir qator ustozlari  "Kitob hadya qilamiz" aksiyasi shiori ostida Axborot resurs markazi kitoblar fondi uchun shaxsiy kutubxonalaridan 100 nomdagi kitoblarni  sovg‘a qildilar.

2023 yil  6-dekabr pedagogika va psixologiya fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari yana bir hamkorlik shartnomasiga   tamal toshini qo’ydilar. Chust shahrida joylashgan 34432-sonli harbiy qismga tashrif  buyurgan kafedra o’qituvchisi S.Dadaboyev tomonidan shaxsiy  tarkibning pedagogik-psixologik  bilimini oshirish maqsadida  seminar-trening tashkil etildi. Ushbu  treningda 120 nafardan ortiq  harbiy xizmatchi ishtirok etdi hamda jamoada shaxslararo munosabatlarni  yaxshilash,  bir-birini so’zsiz tushuna olish, shuningdek, psixologik muhitni yaxshilash borasidagi bilimlarini  boyitdilar. 

2023 yil  6-dekabr  Namangan davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi va  maktabgacha ta’lim (sirtqi) 1-kurs talabalari hamda O‘quv-uslubiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — baxtimiz qomusi" nomli tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbirda talabalar o’zlarining ta’lim, sog’liq va yashash huquqlari bilan bog’liq moddalarni sahna ko’rinishi orqali aks ettirdilar.

2023 yil  20 dekabr  Pedagogika va psixologiya fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari D.Oribboyeva S,Sulaymonovalar tomonidan ijarada yashayotgan talabalarni uyiga tashrif buyurilib, ularning yashash shart-sharoitlari bilan tanishildi. Kuz-qish mavsumida isitish vositalaridan to’g’ri foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.  Shuningdek, tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga ham rioya qilish kerakligi bo’yicha tegishli maslahatlar berildi.

Kafedra o‘quv va o‘quv-metodik ishlari

1. 2023-2024-o‘quv yili  60110100-Pedagogika (tarbiya fani o‘qituvchisi), 60112700-Maxsus  pedagogika (logopediya),                        60110300-Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi, 60310900-Psixologiya (amaliy  psixologiya) bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi,  70110101-Pedagogika  nazariyasi va tarixi, 70110102-Pedagogika va psixologiya,  70110103-Ta’lim muassasalari boshqaruvi,  magistratura mutaxassisligi malaka talabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-avgustdagi 344-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

2. 2022-2023-o‘quv yili 60110100-Pedagogika (tarbiya fani o‘qituvchisi), 60112700-Maxsus  pedagogika (logopediya) bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi  70110101-Pedagogika  nazariyasi va tarixi, 70110103-Ta’lim muassasalari boshqaruvi magistratura mutaxassisligi malaka talabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 29-avgustdagi 5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

3. Ishchi fan sillabuslari 2023-yil 6-iyundagi  № 259-sonli buyrug‘iga asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va universitet Kengashining 2023-yil 29-avgustda tasdiqlangan namunaviy fan dasturlari asosida tayyorlangan.

4. HEMIS tizimi o‘quv rejadagi belgilangan fanlardan semestrga ajratilgan  soatlar  uchun  resurslar  yuklangan. Yuklangan  resurslardan samarali foydalanish  maqsadida talabalarga xemisdagi mavjud resurslardan  qanday foydalanish lozimligi tushuntirilgan.  

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublikamizning pedagogika va  psixologiya  faoliyati sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Jumladan:

1. Oribboyeva Dilafruz Dadamirzayevna 4 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 90 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Professor, psixologiya fanlari bo’yicha Dsc Xalilova Nargiza Ikromaliyevna maslahatchiligida  “Talabalik davrida shaxsiy refleksiyani rivojlantirishning psixologik shart sharoitlari”  mavzusida ilmiy izlanish  olib  bormoqda.

2. Satarov Aleksandr Xoshimovich yakka mualliflikda 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 1 ta monografiya, 60 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. “Экономические образование  и воспитание сташеклассников на современном  этапе развития рыночных отношений в Республике Узбекистан”  mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.

3. Asqarova Manzura Avazbekovna- yakka mualliflikda 1 ta darslik, 1 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 1 ta monografiya, 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. Ilmiy maslahatchi pedagogika fanlari doktori, professor Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich rahbarligida “Boshlang‘ich ta’limda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirish” (PISA va PIRLS misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib bormoqda.

4. Sulaymonova Saodat Usubxonovna 1 ta monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Maslaxatchi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori professor  Asqarova O‘giloy Mamashokirovna  rahbarligida   “Tarbiya darslarida o‘quvchilarning tabiiy savodxonligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish  mavzusida ilmiy izlanish  olib  bormoqda.

5. Rahmatullayeva Zamira Olimjonovna 1 ta uslubiy ko‘rsatma, 40 dan ortiq ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. “Talabalik davrida emosional intellektni rivojlanishiga refleksivlikni ta’siri” mavzusida professor Xalilova Nargiza Ikromaliyevna rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

6. Rafikova Renata Anatoliyevna 10dan ortiq ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchilarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish metodikasi (o‘rta maktab o‘quvchilari misolida) mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Asranbayeva Munojat Halimjonovna rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

7. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi 1 o‘quv qo‘llanma 15ta ilmiy maqola va tezislar muallifi. “Pedagogik jarayonda o’qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakillantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish mexanizimlari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Asqarova Manzura Avazbekovna rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda

8. Siddiqov Azamat Muxammadjon o‘g‘li 10 dan ortiq ilmiy maqola tezislar muallifi. “Keksalar-yoshlar kommunikativligini takomillashtirish orqali yoshlar tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning gerontopedagogik tizimi” mavzusida DSc professor Abdullayev Gʻofurjon Raximjanovich rahbarligida ilmiy izlanish olib bormoqda.

9. Roziqova Malika Olimovna 1 ta uslubiy ko‘rsatma, 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. "Baynalminal oilalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari" mavzusida psixologiya fanlari doktori DSc Utepbergenov Marat Allanazarovich rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

10. Vahobova Munira Sadirdinovna 10 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fonematik idrokni rivojlantirish” mavzusida maxsus pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  Shaxnoza To‘xtayarova Erkinovna rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

11. Gʻoipova Nodira Baxtiyor qizi 8 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi. “Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bolgan bolalarda logoritmik vositalarni korresion bosqichda qo‘llash” mavzusida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Kafedra professor o‘qituvchilari  tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanma

Mualliflar O'quv qo'llanma nomi
1 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna Umumiy psixologiya. O'quv qo'llanma. - "Kitob bilim yog'dusi" mas'uliyati cheklangan jamiyat, 2023, -279 b.

Kafedra professor o‘qituvchilari  tomonidan chop etilgan darsliklar

Mualliflar O'quv qo'llanma nomi
1 M.Asranboyeva, D.Oribboyeva. D.Boymirzayeva Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. Darslik. -Namangan: "Namangan" nashriyoti, 2023. -439 b
2 N.Xalilova, M.Asranboyeva, D.Oribboyeva, D.Boymirzayeva Umumiy psixologiya. Darslik, -Toshkent: "IMPRESS MEDIA" nashriyoti, 2023. 370 b.
3 M.Asqarova Peedagogik maxorat asoslari. Namangan nashriyoti 2023

Xalqaro hamkorlik

Namangan  davlat instituti pedagogika va psixologiya fanlarni o‘qitish  metodikasi  kafedrasining xalqaro hamkorlik vazifalari institutning rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqib, uning xalqaro ta’lim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Xalqarolashtirishning asosiy afzalliklari xorijdan talabalar sonining ko‘payishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar yaratish, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tadqiqotchilar va o‘qituvchilar, talabalar sonining ko‘payishiga qaratilgan. Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik mobillik, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda kafedraning  barcha a’zolari ishtirok etishmoqda.

Kafedra dotsenti D.D.Oribboyeva  2023-yilning  25-26 may kunlari dunyo  oliy ta’lim muassasalarining   (QS World University Rankings), 1000 taligida   482 o‘rinni  olgan  Muxtor Auyezov  nomidagi Qozog‘iston  universitetiga “Auyezov o‘quvlari-21: Jana Qazaqstan-Elimizdin Bolashag‘i” deb nomlangan Muxtor Auyezov nomidagi Qozog‘iston  universitetining 80-yilligiga  bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiya ishtirokchisi.

2023 yilning  28-29 sentyabr kunlari pedagogika va  psixologiya fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti  A.X.Satarov Rossiyskoy Federasiyasining Gorno-Altay davlat  universiteti, Novosibirsk davlat  pedagogika   universiteti, Kemerova  davlat universiteti,  Sankt-Peterburg davlat  instituti Namangan  davlat pedagogika  instituti  bilan hamkorlikda  tashkil etilgan halqaro  ilmiy amaliy  konferensiyada  “Психолого-педагогические аспекты гендерского подхода к женскому воспитанию и образованию в Республики Узбекистан” nomli mavzuda  ma’ruzasi  bilan ishtirok  etdi.

2023 yil 9-noyabr kuni   Kemirova davlat universitetida "Zamonaviy bolalikning ijtimoiy-madaniy muammolari va amaliyoti» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Namangan davlat pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor o‘qituvchilari  ham faol ishtirok etishdi. Konferensiyaning maqsadi talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish fundamental va amaliy bolalar amaliy psixologiyasi, ilmiy va innovasion faoliyati va oliy kasbiy ta’limning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan. Shuningdek, Rossiya va xorijiy mamlakatlarning turli mintaqalari olimlari va amaliyotchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish,  olimlar, doktorantlar, bitiruvchilarning tadqiqot natijalarini nashr qilish masalalari ham yoritildi. Ushbu konferensiyada pedagogika va  psixologiya fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti   p.f.n.dotsent A.X.Satarov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Namangan davlat pedagogika institutida "Ilm-fan va innovatsiyalar" oyligi doirasida M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori, Psixologiya fanlari doktori, Psixologiya fanlari xalqaro akademiyasi akademigi Lekerova Gulsim Janabergenovnaning "Inklyuziv ta’lim va uning ahamiyati" mavzusidagi onlayn ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari va maxsus peadgogika yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar hamda inklyuziv ta’limning bugungi kundagi ahamiyati, uning o‘ziga xos jihatlari va dolzarbligi masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Namangan davlat pedagogika instituti va Rossiya Federatsiyasining Tog‘li Oltoy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Madaniyatlararo muloqot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi. Unda o‘nga yaqin nufuzli xalqaro pedagogika institutlarining professor-o‘qituvchilari millatlararo totuvlik, tolerantlilik, diniy bag‘rikenglik masalalarining pedagogik institutlardagi yechimi borasidagi tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlashdilar va institutning Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti  A. Sattarov, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent E.Abdulvohidovlar ilmiy ishlarini namoyish etdilar. Anjumanda ishtirok etgan Rossiya Federatsiya va Qozog‘iston Respublikasining nufuzli pedagogika institutlari madaniy va ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy anjumanlarni hamkorlikda doimiy o‘tkazib borish borasida kelishib oldilar.