Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-18 20:29:00   |      215

Namangan davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litsey o'quvchilari bilan yaqindan suhbat o'tkazildi


Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

NamDPI

Namangan davlat pedagogika institutining Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i N.Suyarov joriy yilning 18-yanvar kuni Namangan davlat pedagogika instituti qoshidagi Chortoq Akademik litseyi o'quvchilari bilan yaqindan suhbatlashib, litsey yotoqxonasi sharoitlari bilan tanishdi.

O'quvchilarga institutdagi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar, shuningdek institutda talabalarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar va ularga berilayotgan imkoniyatlar to'g'risida keng ma'lumot berildi.

Shuningdek, o'quvchilar tomonidan berilgan talab va takliflariga javob berib, Akademik litsey o'quvchilarining o'qish va yashash sharoiti doimo institut rahbariyatining e'tiborida ekanligini ta'kidlab o'tdi.