Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-19 18:34:00   |      236

Yoshlar yili ko’plab imkoniyatlar va o’zgarishlar yo’lidir!


2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"

Tarix qariga yo’l olgan 2023-yilda mamlakatimiz xalqimizning mashaqqatli mehnatlari tufayli chinakam ulkan marralarni zabt eta oldi.

O’tgan yillar davomida tashqi siyosatda ko’plab kelishuvlarga erishildi. Yoshlarimiz tomonidan erishilgan fan, ta’lim, sport, madaniyat, san’at, tadbirkorlik va ishlab chiqarish kabi ko'plab sohalaridagi yutuqlar tufayli jahon hamjamiyatida o’z nufuzimizni yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib olishimizda katta turtki bo'ldi.

Muxtaram prezidenimiz tomonidan 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligida ham bir hikmat bor. Endi o’tgan yillar davomidagi "Yoshlarga oid davlat siyosati", ularga berilgan imkoniyatlar hamda yoshlar manfaatlari uchun boshlangan jamiyki ishlarning davomini yangi yilda ham ko’rishimiz bizni quvontiradi, albatta.

Ayniqsa, joriy yildan stipendiyalar miqdorining oshirilishi to'g'risidagi yangilik oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz uchun chin ma'noda yangi yil sovg'asi bo’ldi desam mubolag'a bo'lmaydi.

Yoshlar tizimining vakili, qolaversa, bo’lajak pedagog sifatida, davlatimiz tomonidan biz yoshlar uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlayman va yelkamizda Vatanni ravnaq toptirishdek ulkan mas'uliyat turganini chuqur his etgan holda, mamlakatimiz kelajagi uchun o'z hissamni qo'shishda sidqidildan mehnat qilishga tayyorman!

Shoxruh Sultanov
Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti