Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2024-01-24 11:31:00   |      157

"Mirzo Ulug'bek" Respublika tanloviga start berildi


Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi

NamDPI

Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbusini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida "Mirzo Ulug'bek" Respublika tanloviga start berilganini ma'lum qiladi.

Tanlov 3 ta (tuman, viloyat, respublika) bosqichda o'tkaziladi.

Tanlov g'oliblari mos ravishda BHMning 5, 10 hamda 20 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok uchun yosh chegarasi: 16 yoshdan 25 yoshgacha

Ro'yxatdan o'tish hamda batafsil ma'lumot uchun: http://vorislar.uz

Qo'shimcha ma'lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga murojaat etishingiz mumkin.