Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-03-14 12:00:00   |      143

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o'rtasida davra suhbati.


NamDPI

Namangan davlat pedagogika institutida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi va Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida ijtimoiy-ma'naviy muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida talaba-qizlar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.

 

NamDPI NamDPI NamDPI

Davra suhbatida viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik N. Qayumova, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri M.Asranbayeva, institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva tomonidan talaba-qizlarga huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, zo'ravonlikka qarshi kurashish, ijtimoiy-psixologik muhitni sog'lomlashtirish yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Talabalar suhbat jarayonida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.