Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
     |      1057

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi


NamDPI

Kafedra mudiri: Asqarova Manzura Avazbekovna

Email: asqarova_manzura17@gmail.com

Telegram: @asqarova_manzura

 

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi

Namangan davlat universiteti

 
Mutaxassisligi

Boshlang`ich ta`lim

 
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi

2023-yil Rossiya Federatsiyasi Udmurt davlat universiteti

 
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish va matnni tushunish
ko’nikmalarini rivojlantirish

 
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi

Boshlang`ich ta`limda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning
metodik asoslarini takomillashtirish

 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi

13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

 
Ilmiy rahbarligi

bakalavr(12 ), magistr(5 ) PhD (1)

 
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal/OAK-40, xorijiy-10,
Konferensiya/Respublika-50, xalqaro-40

 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki

You are selected as a beneficiary of 2019 Spring UUOOI grant, “Олий таълим сифати диагностикаси ва уни амалга ошириш механизмини такомиллаштириш” (2020)

 
h indeksi

7

 
O‘quv fani

Pedagogika nazariyasi va tarixi, ijtimoiy pedagogika, umumiy
pedagogika, pedagogik diagnostika, tadqiqiy pedagogika.

 
O‘quv-uslubiy ishlari

2ta monografiya, 3ta darslik, 1 ta o’quv uslubiy qo’llanma.

 
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati Barcha jamoatchilik ishlarida juda faol.
Jamoada faolligi, tashabbuskorligi, mas`uliyatliligi bilan ajralib turadi.
 
Davlat mukofotlari -

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi tarixi.

Namangan davlat pedagogika institutida 2022-yil 15-avgustda Pedagogika fakulteti negizida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borganlar. Jumladan, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 2 nafar, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 2 nafar, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi va 4 nafar stajyor-o‘qituvchilarni tashkil etgan. Kafedrada 4 ta yo‘nalish kunduzgi ta’lim shaklida
taxsil olgan, bular quyidagilar 60110200-Maktabgacha ta’lim, 60110500-Boshlang‘ich ta’lim, 60110100-Pedagogika
(qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi), 60112700-Maxsus pedagogika (logopediya), 60111900-Maktabgacha va boshlang'ich
ta'limda jismoniy tarbiya va sport (sirtqi), shuningdek 70110501-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim),
70110201-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi
mutaxassisliklar bo‘yicha magistr talabalar tahsil olganlar.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta darslik xammualliflikda, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 8 ta uslubiy
qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan va amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va
respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Nufuzli SCOPUS jurnallarda 4 ta, impakfaktori yuqori
bo‘lgan jurnallarda 20 ta maqolalar chop ettirilgan. Xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda
o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelganlar.
Kafedra bilan Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Namangan shahridagi 10-sonli xamda POP
tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va Namangan pedagogika kolleji bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Oʼqituvchilarni tayyorlash boʼyicha jahon tajribasini oʼrganish, xalqaro taʼlim tizimidagi ilgʼor islohotlarni tahlil etish
uchun butun dunyoda yetakchilik qilayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini amaliyotga bosqichma bosqich qoʼllash zarur. Shu
maʼnoda pedagog kadrlarni nufuzli xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralarini koʼrish toʼgʼrisidagi

qaror ijrosini taminlash maqsadida shu yilning aprel-may oylarida Munojatxon Аsranbayevalar Finlyandiya davlatida
stajirovkaga borgan.
Kafedra dotsenti Boymirzaeva Dilbar Dmitriyevna Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan
tashkillashtirilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʼyicha
oʼtkazilgan saralash tanlovlarida gʼolib boʼlgan hamda Germaniyaning Bamberg universitetida 1 oy muddatli ilmiy stajirovkada
boʼlib qaytgan.
Top 1000 talikdan joy olgan Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Qozog‘iston janubiy universitetida o‘tkazilgan ilmiy
nazariy konferensiyada M.Asranbayeva, D.Oribboyeva, N.Maxmudovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etganlar.
Kafedra tashkil etilgan o‘quv yilida Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Oribboyeva Dilafro‘z Dadamirzayevnaning "Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlik
rivojlanishining psixologik xususiyatlari" mavzusidagi 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligida psixologiya
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini Toshkent davlat pedagogika
universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi
Maxmudova Nodira Alisherovna 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʼyicha Pedagogika
fanlari doktori (DSc), professor Artikova Muhayyo Botiraliyevna ilmiy rahbarligida “Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼzini-o’zi
baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Xuddi shu yili “Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish
texnologiyasi” mavzusida Tillayeva Rayxona Tuxtasinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek
adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish
texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash
asosidagi bir martalik Ilmiy kengashda himoya qilgan.

Boshlang’ich ta’lim kafedrasida 2023-2024 o’quv yili davomida professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o'quv va o'quv-metodik ishlari.

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.Asqarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug’iga asosan barcha mutaxassisliklar uchun Ijtimoiy pedagogika
nomli o’quv qo’llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.Asqarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi
55-sonli buyrug’iga asosan barcha mutaxassisliklar uchun Umumiy pedagogika nomli o’quv qo’llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.Asqarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug’iga asosan Pedagogika mutaxassisliklari uchun Pedagogik mahorat asoslari nomli o’quv qo’llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.To’raboyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug’iga asosan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Ona tili-o`qish savodxonligi va uni o`qitish metodikasi nomli darslik tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.To’raboyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Boshlang’ich ta’lim fanini o`qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish nomli uslubiy qo`llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.To’raboyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha O`zbek tili o`qitish metodikasi nomli darslik tayyorladi.

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.To’raboyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Boshlang`ich ta'lim fanlar nazariyasi nomli o’quv qo’llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti M.To’raboyeva tomonidan 2023-yil dekabr oyida “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Ona tili ta`limida tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar ustida ishlash metodikasi nomli monografiya tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi F.Xusanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug’iga asosan Masalalar yechish bo`yicha praktikum nomli o’quv qo’llanma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi K.Nuraliyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha O‘quvchilarning lug‘atini boyitish ustida ishlashga doir nomli uslubiy ko`rsatma tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi K.Nuraliyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Boshlang’ich sinf o`quvchilarida kreativ salohiyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish nomli monografiya tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N. Qirg‘izov tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Loyihaviy ta`lim vositasida ona tili darslarida ta’lim subyektlari faoliyatini modellashtirish metodikasi nomli monografiya tayyorladi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi G.Tojiboyeva tomonidan “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi bo’yicha Texnologiya ta`limi va uni o`qitish metodikasi fanidan mustaqil ishlarini bajarish nomli uslubiy ko`rsatma tayyorladi.

Maktabgacha va boshlang’ich  ta’lim metodikasi kafedrasida 2023-2024 o’quv yilida professor-o’qituvchilarining ma’naviy-marifiy ishlari

2023-yil 9-noyabr kuni Kemerova davlat universitetida "Zamonaviy bolalikning ijtimoiy-madaniy muammolari va amaliyoti» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Namangan davlat pedagogika institutining professor o‘qituvchilari  ham faol ishtirok etishdi. Konferensiyaning maqsadi talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish fundamental va amaliy bolalar amaliy psixologiyasi, ilmiy va innovatsion faoliyati va oliy kasbiy ta’limning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan. Shuningdek, Rossiya va xorijiy mamlakatlarning turli mintaqalari olimlari va amaliyotchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish,  olimlar, doktorantlar, bitiruvchilarning tadqiqot natijalarini nashr qilish masalalari ham yoritildi.

 

2023-yil 13-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan "İlm-fan va innovatsiyalar" oyligi doirasida professor-o`qituvchilar tashabbusi bilan ochiq osmon ostida "Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi uygʻunligi" mavzusidagi ta'limiy hamda tarbiyaviy tadbiri Namangan viloyati televideniyesining “Diyor yangiliklari” dasturida efirga uzatildi.

 

2023-yil 24-noyabr kuni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Namangan shahridagi 10-umumta’lim maktabida mahorat darsi tashkil qilishdi. Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.To‘raboyeva  maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlab o‘tdi.

 

2023-yil 13-dekabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti va Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Сhortoq tumani ixtisoslashgan  maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Сhortoq tumani ixtisoslashgan maktabi direktori B.Sayramov, ikki ta'lim muassasasining mas'ul xodimlari va professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Institut Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi,PhD  R.Tillayeva hamkorlik aloqalari bo'yicha bosh koordinator etib   tayinlandi. Uchrashuv so‘nggida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i J. Yuldashev, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri M.Asranbayevalar kelgusida qilinajak ishlar to‘g‘risida fikrlarini bildirishdi.

 

2023-yil 13-dekabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida "Sifatli va samarali taʼlim oyligi"  doirasida Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini qiziqarli tashkil etish yuzasidan  “Mahorat darsi” tashkil etildi.

 

Mahorat darsini Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani 27-56-maktab oliy toifali boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari Respublika miqyosida ish faoliyati ommalashgan, Respublika trenerlari Homidova Shohida va Karimova Adiba olib bordi.

2023-yil 16-dekabr kuni Namangan davlat pedagogika institutining "Sifatli va samarali ta'lim oyligi" munosabati bilan Yangiqo‘rg’on tumani 10-sonli umumiy o ‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, respublika miqyosidagi trener Munisaxon Madraximova  bilan hamkorlikda  Tabiiy fanlar doirasida "Tabiatni asrang" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

   

Tajribali pedagog tomonidan 2-sinf misolida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda qiziqarli tashkil etilgan dars jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

2023-yil 16-dekabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Sifatli va samarali taʼlim oyligi" doirasida Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini qiziqarli tashkil etish yuzasidan  “Mahorat darsi” tashkil etildi.

   

Mahorat darsini Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani 27-56-maktab oliy toifali boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari, Respublika miqyosida ish faoliyati ommalashgan, Respublika trenerlari Homidova Shohida va Karimova Adiba olib bordilar.

2023-yil 18-dekabr kuni "Sifatli va samarali ta'lim oyligi" munosabati bilan Yangiqo‘rg’on tumani 10-sonli umumiy o ‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, respublika miqyosidagi trener Munisaxon Madraximova  bilan hamkorlikda  Tabiiy fanlar doirasida "Tabiatni asrang" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tajribali pedagog tomonidan 2-sinf misolida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda qiziqarli tashkil etilgan dars jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

   

Barkamol avlod" bolalar maktabi toʻgarak aʼzolari oʻrtasida "Barkamol avlod" festivali o'tkazildi.

✍️Ushbu festivalda Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri Sh.Xudayqulov, kafedra dotsenti A. Matkarimov hamda Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchilari K.Nuraliyeva, U.Arslanovalar ishtirok etib, hakamlik qilishdi.

   

2023-yil 20-dekabr kuni ijarada yashayotgan talabalarni uyiga tashrif buyurilib, ularning yashash shart-sharoitlari bilan tanishildi.

Kuz-qish mavsumida isitish vositalaridan toʼgʼri foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga ham rioya qilish kerakligi boʼyicha tegishli maslahatlar berildi.

   

2023-yil 21-dekabr kuni Pedagogika fakultetida "Yangi yil — yangi orzular" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi. Bayram kelishi arafasida mamlakatimiz bo‘ylab turli xil shodiyonalar uyushtiriladi.

Tadbirda Institut birinchi prorektori Alisher Isoqboyev yaqinlashib kelayotgan bayram bilan barcha fakultet jamoasi va talabalarni muborakbod etdi.

Tadbir fakultetning iste'dodli talabalari tomonidan chiroyli she'rlar, musiqiy chiqishlar, betakror raqslar va qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan yanada qiziqarli kechdi.

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan ko'ngilochar tadbir dasturi barcha talabalarga xursandchilik ulashib, tadbir yuqori kayfiyatda o'tkazildi.

   

Namangan davlat pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligini keng nishonlash bo'yicha 10 kunlik doirasida "Konstitutsiyada ta'lim tizimi va pedagoglarning maqomi" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi. O'quv seminarida Namangan viloyat sudining iqtisodiy sohalar bo'yicha sudyasi R.Mamajonova ishtirok etib, mavzu doirasida nutq so'zladi. Davra suhbati davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Suhbat juda ham qizg`in davom etdi.

   

   

NamDPIda "Muqaddassan ayol" tadbiri oʻtkazildi

G.Tajiboyeva, K.Nuraliyeva,T.Jo'rayeva hamda yo'nalish tyutori K.Nasriddinova rahbarligida 8-Mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Muqaddassan ayol" nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda talaba-qizlar tomonidan ayolni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar va jozibador raqslar ijro etildi.

   

   

Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti M.To`raboyeva tomonidan Sirtqi ta’lim bo'limining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalari o'rtasida o'tkazilgan “Ona tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fani bo'yicha “Mahorat darsi” tashkil etildi.