Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-04-04 12:07:00   |      187

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti


NamDPI

Fakultet dekani: Аbdullayev Toʼlqinali Usmonovich

email: uub@namspi.uz

Telegram: @abdullayevtulqinjon

  1. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – Namangan davlat pedagogika institutining  O‘quv-ilmiy va  ma’muriy  tarkibiy bo‘linmasi  hisoblanadi, Fakultetda Aniq fanlar(60110600-Matematika va informatika, 60110700-Fizika va astronomiya, 60112300-Texnologik ta’lim), Tabiiy fanlar(60110800-Kimyo, 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60110900-Biologiya) va ART(60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi) kafedralarining o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma‘naviy ma‘rifiy ishlarini muvofiqlashtirish  bilan  shug‘ullanadi.
  2. Fakultet, odatda o‘z tarkibiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari)ga taaluqli kafedralar shuningdek oliy ta’lim muassasasi tarkibidagi, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga mos bo‘lgan kafedralarni birlashtiradi.
  3. Oliy ta’lim muassasasining fakulteti ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ham tashkil etilishi mumkin.
  4. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi, kechki) holda amalga oshiradi, kadrlar istemolchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.
  5. Fakultetni tashkil etish va boshqarish
  6. Fakultet oliy ta’lim muassasasi Kengashining tavsiyasi asosida oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda rektorning buyrug‘i bilan tashkil etiladi.

Fakultet ishiga rahbarlikni fakultet dekani amalga oshiradi. Fakultet dekani, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan institut ilmiy darajali va dotsentlar safidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Dekan lavozimi mustaqil shtat lavozimi hisoblanadi va uni o‘rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi.

  1. Fakultet dekani va uning muovini shtatlari Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlarning na’munaviy shtatlari” ga muvofiq joriy etiladi.

Dekan muovinlari, aksariyat hollarda, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslar safidan, fakultet dekanining tavsiyasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tayinlanadi.

  1. Nizom bo‘yicha fakultet dekani oliy ta’lim muassasasi Kengashi va qabul komissiyasining a’zosi, shuningdek Davlat attestatsiya komissiyasi raisining muovini hisoblanadi.
  2. Fakultet dekani har yili oliy ta’lim muassasasi Kengashida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy va ilmiy uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha xisobot beradi hamda fakultet faoliyatining natijalari bo‘yicha to‘la mas’uliyatni o‘ziga oladi.
  3. Fakultet faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun dekan raisligida fakultetning Kengashi tashkil etiladi.

III. Fakultet dekanining vazifalari

  1. 10. Fakultet dekani:

- fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;

- fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;

- oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;

- fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;

- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;

- o‘quv-tarbiyaviy  jarayoni   hamda talabalarning bitiruv  malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va malakaviy amaliyotlari ustidan nazoratni  amalga  oshiradi;

- o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik  qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar  davomati uchun  ma’sul hisoblandi;

- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini  reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni  tashkil etadi;

- talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik  ta’til berish va stipendiya  tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy  talabalar  mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan  ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro  bo‘limi bilan kelishilgan  holda amalga  oshiradi;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli  asosda tashkil  etadi, iqtidorli  talabalarni  aniqlaydi, ularni  tadqiqotlarga jalb  etadi, ilmiy-tadqiqot  ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga  o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy   shart-sharoitlar yaratadi;

- iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  davlat stipendiyasi,  nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg‘armalari, fanlar  bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar  va boshqa  tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash  bilan bog‘liq bo‘lgan  tadbirlarni tashkil etadi;

- professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak  ko‘rsatganlarni  turli  tanlovlarda ishtirok  etishlari uchun tavsiya etadi;

- fakultet tarkibiga  kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy  olimlar bilan hamkorlikda, darslik,  o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy  rahbarlikni amalga  oshiradi, ingliz tilini o‘rganish  va komyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar  tashkil etadi;

- “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun  o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;

- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo  yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;

- oliy ta’lim muassasasining  marketing xizmati va talabalar amaliyoti bo’limi  bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan extiyojini o‘rganadi, fakultetni tamomlaganlar bilan  aloqa o‘rnatadi, ularning  amaliy  ishlari sifatini tahlil qiladi;

- pedagogik kadrlar, talabalar  va  ilmiy axborotlar bilan  o‘zaro  almashish maqsadida  boshqa  ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;

- ta’lim xizmatlarini tashkil  etish  va  amalga oshirishga javob  beradi, byujetdan tashqari mablag‘larni  topish  va  ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanishni amalga  oshiradi;

- fakultet ixtisosligi bo‘yicha oliy  ma’lumotli mutaxassislarning  malaka  oshirishini tashkil etdi;

- ta’lim mazmunini  mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat  ta’lim standartlari asosida  shakllantiradi;

- ta’lim tizimida  kadrlar tayyorlash sifatida ta’sir ko‘rsatadigan  asosiy  omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manba’lari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;

- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha  ustuvor  ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini  tuzadi;

- talabalar  turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik  qiladi, yoshlarning bo‘sh  vaqtlarini mazmunli o‘tkazish  va hamda foydali mehnat  bilan  shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan  tadbirlar tashkil etadi, talabalarni  xar xil norasmiy  oqimlarga qo‘shilib  qolishlarining  oldini  oladi;

- talabalar  orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini  oshirishga  qaratilgan  tadbirlarni amaliyotga  tadbiq  qiladi;

- fakultet jamoasi  va  talabalari orasidagi  rasmiy va  norasmiy munosabatlarda  o‘zaro  ishonch va hurmat, samimiylik hamda   mehr-oqibat tuyg‘ularini  shakllantiradi;

- o‘quv-tarbiya  tizimiga yangi axborot texnologiyalarini  joriy etilishini nazorat  qiladi;

- fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi  qoshida ustozlar  tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy  qilish va  malaka  oshirib kelgan  professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha  seminarlar tashkil etadi.

  

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani:                     dotsent T.Abdullayev.