Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
     |      164

Aniq fanlar kafedrasi


Kafedra mudiri:

Dotsent  - Matkarimov Abduraxim Muhammadjonovich

email: abdurahim_2481@mail.ru

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi

Namangan davlat universiteti

 
Mutaxassisligi

5A142001-Mehnat ta’limi metodikasi

 
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi

-

 
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi

Texnologik suvlarni kolloid-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olib ularni tozalash va yumshatish

 
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi

-

 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi

02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari)

 
Ilmiy rahbarligi

bakalavr (7), magistr (1)

 
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal /OAK-4, xorijiy-6.

Konferensiya /respublika-29, xalqaro-8

Monografiya-2

DGU guvoxnoma-1

 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki

Amaliy: Xalq hunarmandchiligi va milliy kashtachilik orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish

 
h indeksi

3

 
O‘quv fani

Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash, metal va metallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi

 
O‘quv-uslubiy ishlari

darslik (3 ta), o‘quv qo‘llanma (2), boshqa o‘quv adabiyotlari (5).

 
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati Barcha jamoatchilik ishlarida juda faol.
Jamoada faolligi, tashabbuskorligi, mas`uliyatliligi bilan ajralib turadi.
 
Davlat mukofotlari -

Aniq fanlar kafedrasi

"Aniq fanlar" kafedrasi 2024-yil 1-apreldan boshlab "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi bazasidan tashkil etilgan. Kafedrani 2022 yildan 2024 yilgacha kafedra mudiri PhD.dotsent Sh.Xudoyqulov boshqargan. 2024-yilning aprel oyidan boshlab dotsent A.Matkarimov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada to’rt nafar fan nomzodlari va dotsentlar: Matkarimov Abduraxim Muhammadjonovich, Xudoyqulov Shavkatbek Soyibjanovich, Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusaliyevna, Imomov Muhibjon Xabibjonovich, bir nafar o‘qituvchi Abdullayev Sherzod Olimjon o‘g‘li va stajyor-o‘qituvchilar O‘ktamaliyev Ikromjon Qaxramon o‘g‘li, Valijonov Ilxomjon Xolmatjon o‘g‘li hamda Qurbonov Maqsuadali Sobirali o‘g‘lilar faoliyat yuritmoqdalar. Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 50%ni tashkil etadi

Hozirgi kunda kafedra tomonidan kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha: 60112300-Texnologik ta’lim, 60110700-Fizika va astronomiya, 60110600-Matematika va informatika yo’nalishlari kechki ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha: 60110600-Matematika va informatika sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha: 60112300-Texnologik ta’lim bakalavrlar hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha: 70112301-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta (2 ta yakka mualliflik, 2 ta hammualliflik) darslik, 5 ta (3 ta yakka mualliflik, 2 ta hammualliflik) o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 12 ta uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan hamda amaliyotga joriy qilingan.

Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Nufuzli SCOPUS jurnallarda 5 ta, impaktfaktori yuqori bo‘lgan jurnallarda 13 ta maqolalar chop ettirilgan va 4 ta intellektual mulk agentligi tomonidan foydali model va ixtirolari uchun mualliflik guvoxnomalarini olgnalar hamda xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelganlar.

Kafedra bilan Yangiqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarshli 42-sonli hamda Chust tumanidagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Oʼqituvchilarni tayyorlash boʼyicha jahon tajribasini oʼrganish, xalqaro taʼlim tizimidagi ilgʼor islohotlarni tahlil etish uchun butun dunyoda yetakchilik qilayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini amaliyotga bosqichma bosqich qoʼllash zarur. Shu maʼnoda pedagog kadrlarni nufuzli xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralarini koʼrish toʼgʼrisidagi qaror ijrosini taminlash maqsadida 2024 yilning aprel oyida kafedra dotsenti Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovich xalqaro Oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikga kirgan ta’lim muassasalaridan 856-o‘rinda qayd etilgan Bishkek shahridagi “Kirgiz-Turk Manas” universiteti davlatida stajirovkaga borgan.

Kafedra dotsenti Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusaliyevna 2024 yilning aprel oyida Oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi Top 1000 talikdan joy olgan Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Qozog‘iston janubiy universitetiga stajirovkaga borgan.

Shuningdek, dotsent M.Eshnazarova Rossiyaning "INFOUROK" Yetuk ta'limiy portalida (infourok.ru) "Moliyaviy mustaqillik sari yo'l: o'qituvchining imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish" (Путь к финансовой независимости: максимизация потенциала инструментов учителя)  mavzusida bo'lib o'tgan vebinar treningda faol ishtirok etdi hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Kafedra dotsenti A.Matkarimov Rossiyaning "INFOUROK" Yetuk ta'limiy portalida (infourok.ru) Psixolog bilan maslahat: “Ongning to'g'ri sozlamalarini orzu qilish san'ati” (Консультация психолога: Искусство мечтать правильные настройки разума)  mavzusida bo'lib o'tgan vebinar treningda faol ishtirok etdi hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

    Kafedra professor o‘qituvchilarining  maqsadi talabalarni ma’nan yetuk, yuksak barkamol  shaxs qilib  tarbiyalash  va bo’lajak pedagoglarining kasbiy hamda  shaxsiy hislatlarini shakllantirish, ularda kelajak o‘qituvchisi hissini uyg‘otish shu bo’yicha bilim asoslarini egallashi hamda ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, talaba yoshlarning istedodlari hamda imkoniyatlarini namoyish etish, ularga tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta  bilishga o‘rgatishdan iborat.

Bundan tashqari:

-Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish;

-Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning  turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, ma'ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

-Boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan turli kasbdagi faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

-Ilmiy-nazariy va amaliy konferentsiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

-Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish  ham yo‘lga qo‘yilgan.