Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-06-05 12:00:00   |      49

Hurmatli abituriyentlar diqqatiga Bugundan qabul boshlandi!


NamDPI

Hurmatli abituriyentlar diqqatiga
Bugundan qabul boshlandi!

Siz 5-iyundan boshlab my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, joriy yilda qabul jarayonlari "avval test, soʻng tanlov" tarzida 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasi, taʼlim tili hamda test topshirmoqchi boʻlgan hududini tanlaydi.

2-bosqich: Abituriyentlar test yakunlangach, 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi hamda taʼlim shaklini tanlaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Qabul boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar #qabul_2024 hashtegi orqali berib boriladi.

🏛Namangan davlat pedagogika instituti barcha abituriyentlarga oliy maqsadlariga erishishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.