Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-06-07 12:00:00   |      49

SHAXMAT TURNIRIDA ISHTIROK ETING!


NamDPI

Joriy yilning 8-iyun, shanba kuni Namangan shahar Yoshlar markazida joylashgan "Shaxmat klubi"da 63-Xalqaro gullar festivali hamda Yoshlar oyligi munosabati bilan Namangan viloyati hokimi sovrini uchun yoshlar o'rtasida shaxmat  turniri bo'lib o'tadi.

NamDPI

Turnirda Namangan viloyatida yashovchi 3 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.

Turnirda ishtirok etish shartlari:

8-iyun kuni Namangan shahar Yoshlar markazida joylashgan "Shaxmat klubi"ga soat 12:30 ga qadar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki tug'ilganlik haqida guvohnoma) olgan holda kelish lozim.

Tegishli hujjatlar bilan o'z vaqtida birinchilardan bo'lib yetib kelgan 100 nafar shaxmatchilar turnirda ishtirok etishlari mumkin.

Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki hujjatsiz kelgan shaxmatchilar turnirda ishtirok etmaydilar.