Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-06-22 12:00:00   |      42

“Yoshlar oyligi” doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi


NamDPI

Namangan viloyati prokurori U.Madraximov tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Tadbirda institutning bir guruh yoshlari viloyat prokuraturasi binosiga tashrif buyurib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bo’limlarning faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Namangan viloyat prokurori o’rinbosari vazifasini bajaruvchi D.Sayfiddinov hamda bir necha mas’ullar yangi qabul qilingan qonunchilik normalari, qonun ustuvorligi va qonunlarni birdek ijro etilishi bilan bog’liq ma’lumotlarni aytib o’tdilar. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Shundan so’ng talaba-yoshlar viloyat O’lkashunoslik muzeyida tashkil etilgan prokuratura burchagi bilan ham tanishdilar.