Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-07-12 12:00:00   |      107

Institut rektori B.Xusanov yoshlar muammolarini o'rgandi.


NamDPI

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Alisher Isoqboyev tomonidan Kosonsoy tumani Shirinbuloq mahallasidagi institut rektoriga biriktirilgan yoshlar holidan xabar olindi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Tashrif davomida Bahodir Xusanov tomonidan mahalladagi yoshlar hamda ularning oila a'zolari bilan suhbatlashish natijasida, bir nafar yoshning pasport olish bilan bog'liq muammosi joyida hal etildi. Ikki nafar yoshlarga huquqiy yordam ko'rsatildi. Besh nafar yoshlarga kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Shuningdek, yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishlari va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, kasbga yo'naltirish masalalariga ko'maklashishga institut rahbariyati doimo tayyor ekanligi alohida ta'kidlab oʻtildi.