Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-07-19 16:00:00   |      87

Yanka Kupala nomidagi Grondo davlat universiteti oʻrtasida qo‘shma ta’lim (SPO) doirasida Zoom platformasi orqali muzokara uchrashuvi


NamDPI

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Yanka Kupala nomidagi Grondo davlat universiteti oʻrtasida qo‘shma ta’lim (SPO) doirasida Zoom platformasi orqali muzokara uchrashuvi o‘tkazildi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Ushbu muzokarada institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M. Qodirxonov boshchiligida professor-o'qituvchilar hamda Yanka Kupala nomidagi Grondo davlat universitetidan birinchi prorektor G.Yuriy Yuryevich jamoasi ishtirok etishdi.

Muzokara doirasida institut va universitet o‘rtasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yagona o‘quv dasturini yaratishga kelishib olishdi hamda istiqbolli rejalar bo‘yicha fikir almashishdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida hamkorlik doirasida kelasi o‘quv yilidan boshlab institutda qo‘shma ta’lim dasturi faoliyat yuritishi belgilandi.