Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-08-15 12:00:00   |      121

Jismoniy madaniyat yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilayotgan imtihonlar


NamDPI

Namangan davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha imtihon boʻlib oʻtmoqda.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Jismoniy madaniyat yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilayotgan imtihonda institut rektori B.Xusanov boshchiligida vazirlik mas'ullari, institutdan biriktirilgan professor-oʻqituvchilar hamda sport boshqarmasi va texnikum oʻqituvchilari ishtirok etishmoqda.

Imtihon jarayonlari korrupsiyadan xoli, ochiq, shaffof va adolatli olib borilishini taʼminlash maqsadida online translyatsiya qilib borilmoqda.
Maʼlumoti uchun:
-Jismoniy madaniyat yoʻnalishi boʻyicha 36 nafar;
-Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha esa 45 nafar, jami 81 nafar bitiruvchi ishtirok etishi koʻzda tutilgan.