Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-08-30 09:05:00   |      103

Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura bo’yicha qabul qabul kvotalari tasdiqlandi.


NamDPI

Respublikamizda 2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura bo’yicha qabul kvotalari tasdiqlangan.

NamDPI

Respublikamizda 2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura bo’yicha qabul kvotalari tasdiqlangan. Namangan davlat pedagogika instituti uchun ham oliy ta’limdan keyingi ta’lim qabul kvotalari tasdiqlangan bo’lib, hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo‘lgan davrda online qabul qilinadi.

Stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki online ma’lumot (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar (mavjud bo’lsa).

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki online ma’lumot (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil, 29-mayda ro’yxatdan o’tgan, 3515-sonli qo’shma qarorining 2-bobida belgilangan oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro’yxatida keltirilgan sertifikatlar talab etiladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati va ularning darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻiga asosan ixtisosliklar uchun belgilangan darajadagi sertifikatlar qabul qilinadi.