Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-08-30 09:37:00   |      53

"Yangi O'zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning oʻrni" mavzusida ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi


NamDPI

Namangan davlat pedagogika institutida "Yangi O'zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning oʻrni" mavzusida ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan "Yangi O'zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning oʻrni" mavzusidagi ilmiy anjuman ham jamiyatimizda xotin-qizlarning oʻrni, ijtimoiy siyosiy hayotdagi ahamiyatining nechogʻlik ulkan ekanidan dalolatdir.

Ushbu anjumanga viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ham tashrif buyurib, institut rahbariyati tomonidan talabalar tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmalar, kuy-qo'shiqlar bilan munosib kutib olindi.

Ilmiy anjumanda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ham ishtirok etib, dunyo hamjamiyatida oʻzbek olimalarining, ayniqsa, namanganlik olimalarning olib borayotgan faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi.

Shuningdek, anjumanda institut rektori B.Xusanov boshchiligida Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, falsafa fanlari doktori, professor M.Nurmatova, viloyat oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʻi, viloyat hokimining oʻrinbosari D.Yakubova, institut professori M.Sobirova, "Qalqon maxsus guruh" nodavlat taʼlim muassasasi direktori S.Egamova, "Viloyat ixtirochi va olima ayollar" jamiyati rahbari A. Turgʻunboyevalar o'z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ilmiy anjuman doirasida viloyatimizdagi bir guruh olimalar viloyat hokimi tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Anjuman soʻnggida viloyat hokimi Sh.Abdurazzoqov bunday anjumanlarni koʻproq, xalqaro doirada oʻtkazish, bu bilan birga, oʻzbek olimlarining jahonda nufuzini oshirish taklifini bildirib, bu boʻyicha o'z fikr-mulohazalar aytib oʻtdi.