Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-03-28 08:03:11   |      659

Gumanitar fanlar kafedrasi


NamDPI

Kafedra mudiri:Botirova Sevara Mamurovna

email:  sevarabotirova783@gmail.com  

 

 

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Namangan davlat universiteti  
Mutaxassisligi O‘zbekiston tarixi  
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi Malaka oshirmagan
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi (8-sinf misolida) (2023 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi -
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi -
Ilmiy rahbarligi -
Nashr qilingan maqolalari Jurnal /OAK-10, xorijiy-3
Konferensiya /respublika-8, xalqaro-2
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki -
h indeksi -
O‘quv fani O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi
O‘quv-uslubiy ishlari o‘quv qo‘llanma (1), boshqa o‘quv adabiyotlari (2).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati -
Davlat mukofotlari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni (2013 y.)
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi” esdalik nishoni (2017 y.)

 

Namangan davlat pedagogika institutida 2022-yil 15-avgustda Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi fakulteti negizida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 40% ni tashkil etib, 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Jumladan, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 2 nafar, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 1 nafar, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 1 nafar, 3 nafar katta o‘qituvchi, va 3  nafar stajyor-o‘qituvchilarni tashkil etadi. Kafedra qoshida 1 ta  bakalavriat – 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishida 27 nafar talabalar, shuningdek magistratura bosqichida 70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxasisligi bo‘yicha 8 nafar magistrlar tahsil olmoqdalar.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 10 ta uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan xamda amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilnmoqda. Nufuzli impakfaktori yuqori bo‘lgan jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar chop ettirildi. Xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konfrensiyalarda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedraning Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Namangan shaxridagi 43-sonli,  POP tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktablari, Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo’limi va Yangiqo’rg’on, Chortoq va Mingbuloq tumanlaridagi pedagogika kollejlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.