Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2023-03-28 08:11:51   |      770

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi


Kafedra mudiri: Asranbayeva Munojat Xalimjonovna

email: munojatasranbayeva1976@gmail.com

Telegram: @munojat76

 

 

Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Kafedra  tarixi.

Namangan davlat pedagogika institutida 2022-yil 15-avgustda Pedagogika fakulteti negizida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borganlar. Ular Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna, To’raboyeva Muqaddas Yoqo‘bjanovna, Oribboyeva  Dilafruz Dadamirzayevna, Boymirzayeva Dilbar Dmitriyevna, Maxmudova Nodira Alisherovna, Raxmatullayeva Zamira Olimjonovna ,Tillayeva Rayxona Tuxtasinovna, Xakimov Abbosxon Oribjon o’g’li, Sidikov Azamat Muxammadjon o‘g‘li, Olimova Dilrabo Nurali qizi Arslanova Umidaxon Komiljon qizi.  Jumladan, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD 2 nafar, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD  2 nafar, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar  o‘qituvchi va 4  nafar stajyor-o‘qituvchilarni tashkil etgan. Kafedrada 4 ta  yo‘nalish kunduzgi ta’lim shaklida taxsil olgan, bular quyidagilar  60110200-Maktabgacha ta’lim, 60110500-Boshlang‘ich ta’lim, 60110100-Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi), 60112700-Maxsus pedagogika (logopediya), 60111900-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport (sirtqi), shuningdek 70110501-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim), 70110201-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi, 70110103 – Ta'lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr talabalar tahsil olganlar.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta darslik xammualliflikda, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 8 ta uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan va amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan. Nufuzli SCOPUS jurnallarda 4 ta, impaktfaktori yuqori bo‘lgan jurnallarda 20 ta maqolalar chop ettirilgan. Xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelganlar.

Kafedra bilan Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Namangan shahridagi 10-sonli xamda POP tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va  Namangan pedagogika kolleji  bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Oʼqituvchilarni tayyorlash boʼyicha jahon tajribasini oʼrganish, xalqaro taʼlim tizimidagi ilgʼor islohotlarni tahlil etish uchun butun dunyoda yetakchilik qilayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini amaliyotga bosqichma bosqich qoʼllash zarur. Shu maʼnoda pedagog kadrlarni nufuzli xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralarini koʼrish toʼgʼrisidagi qaror ijrosini taminlash maqsadida 2023 yilning aprel-may oylarida Munojatxon Аsranbayevalar Finlyandiya davlatida stajirovkaga borgan.

Kafedra dotsenti Boymirzaeva Dilbar Dmitriyevna Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʼyicha oʼtkazilgan saralash tanlovlarida gʼolib boʼlgan hamda Germaniyaning Bamberg universitetida 1 oy muddatli ilmiy stajirovkada boʼlib qaytgan.

Top 1000 talikdan joy olgan Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Qozog‘iston janubiy universitetida 2023-yil 25-26 may kunlari  o‘tkazilgan ilmiy nazariy konferensiyada M.Asranbayeva, D.Oribboyeva, N.Maxmudovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etganlar.

Kafedra tashkil etilgan 2022-2023-o‘quv yilida Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Oribboyeva Dilafro‘z Dadamirzayevnaning "Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlik rivojlanishining psixologik xususiyatlari" mavzusidagi 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Maxmudova Nodira Alisherovna 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʼyicha Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Artikova Muhayyo Botiraliyevna ilmiy rahbarligida “Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida oʼzini-o’zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Xuddi shu yili “Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi” mavzusida  Tillayeva Rayxona Tuxtasinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashda  himoya qilgan.

2023-2024-o‘quv yili 1-3-choragida kafedrada professor o‘qituvchilar  tarkibi kengaydi. Kafedraga Tuxtamirzayev Adxam Yulbarsmirzayevich, Qirgizov Nurutdin Olimjanovich, Ismailova Nilufar Isroiljanovna, Abdukarimova Shaxnoza Nabiyevna, Badriddinova Madina Baxromovna, Nuraliyeva Kamola Isaqali qizi, Xamidova Shaxlo Pulat qizi, Akramjonova Feruza Akramjonovna, Tojiboyeva Go‘zal Maxmudjonovna, Jo‘rayeva Turg‘unoy Umarjonovna, Xusanova Feruza Zoxidjonovna, Maxmudova Zulfiya Homidovna, Joʼraboyeva Zarnigor Zoxidjon qizi qabul qilindi. Kafedra a’zolaridan quyidagilar ilmiy tadqiqot ishini yakunlab ilmiy darajaga ega bo‘ldilar.

Katta o'qituvchisi Kirgizov Nurutdin Olimjanovich 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha,  o'qituvchi Nuraliyeva Kamola Isaqali qizi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha, o'qituvchi Tajiboyeva Go‘zal Maxmudjonovna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha pedagogika fanlari bo‘yich falsafa doktori PhD  ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.

Maktabgacha va boshlang’ich  ta’lim metodikasi kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan  Scopusda  ilmiy ishlari chop etildi.  Respublika OAK tarkibiga kiritilgan jurnallarda 10ta, Xalqaro bazalarda indekslangan «Google Scholar» va Impakt faktor jurnallarda 8 ta ilmiy ishlari chop etildi. 2023-2024-o ‘quv yili1-3-choragida Maktabgacha va boshlang’ich  ta’lim  metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik 3 ta o‘quv qo ‘llanma tayorlandi.

2024-yil 1-apreldan boshlab Pedagogika fakulteti tassarufida Maktabgacha ta’lim kafedrasi tashkil etildi.

Kafedrada quyidagi professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna, Maxmudova Nodira Alisherovna, Ismailova Nilufar Isroiljanovna,  Abdukarimova Shaxnoza Nabiyevna, Maxmudova Zulfiya Homidovna , Xakimov Abbosxon Oribjon o’g’li, Akramjonova Feruza Akramjonovna.