Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-03-29 03:44:12   |      680

Ijtimoiy fanlarni fakulteti


NamDPI

Fakultet dekani: Mutalov Sa'idakbar

email:S_Mutalov@namspi.uz

Telegram: S_Mutalov

 

 

 

Fakultetning haqida qisqacha ma’lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289- sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faolyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻg’risida”gi   qarori asosida Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etilgan. Fakultet 2022-yilda tashkil topgan. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakulteti nomi bilan 2022 yil 5 sentyabrdan  faoliyat yuritib kelinmoqda.

Fakultetda 30 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan: 1 nafar fan doktori DSc, 5 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafar PhD dotsent, 4 nafar PhD katta oʻqituvchi, 7 nafar katta oʻqituvchilardir. Hozirgi kunda fakultetda 938 nafar talabalar tahsil olmoqda.

Oʻquv ishlar boʻyicha  dekan oʻrinbosari: 
Imomov Muhibjon Xabibjonovich

Qabul kunlari: Dushanba-shanba, soat 13:00-16:00
Ish telefoni: -
Qoʻl telefoni: +99897 255-83-41
Email: mximomov@mail.ru

 

                                                                                                                                                  

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari: 
Kenjayev Burgutali Qovuljon oʻg'li

Qabul kunlari: Dushanba-shanba, soat 14:00-17:00
Ish telefoni: -
Qoʻl telefoni: +99897 867-88-77
Email: burgutalikenjayev8@gmail.com

 

     

Fakultetda quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:

Kunduzgi ta’lim yoʻnalishlari:

60111100-Tarix

60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

60111400- Oʻzbek tili va adabiyoti

60111700-Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun)

60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

 

Kechki ta’lim yoʻnalishlari:

60111100-Tarix

60111700-Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun)

60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

 

Sirtqi ta’lim yoʻnalishlari:

60111100-Tarix

Magistratura mutaxassisligi:

70111101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)

70111401- Oʻzbek tili va adabiyoti

70111501-Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti

70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oqitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)

70111700 - Oʻzga tilli guruhlarda rus tili

 

Fakultet ilmiy kengashi tarkibi:

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakulteti ilmiy kengashi 2022 yil 5 sentyabrdan  faoliyat yuritib kelinmoqda.

FISH

Lavozimi

Kengashdagi lavozimi

1.

Abdunazarov Ahliddin Abdurashitovich

Fakultet dekani

Kengash  raisi

2.

Imomov Muhibjon Xabibjonovich

Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari

Kengash rais oʻrinbosari

3.

Qambarov Abdujabbor Boxrolievich

Katta oʻqituvchi

Kengash kotibi

4.

Ubaydullaev Shuxrat Nazrullaevich

Dotsent

Kengash a’zosi

5.

Abdullaev Akmal Nasriddinovich

Kafedra mudiri

Kengash a’zosi

6.

Mamatov Obidxon Vaqqosovich

Dotsent

Kengash a’zosi

7.

Xaydarov Zaxriddinbobur Umarovich

Dotsent

Kengash a’zosi

8.

Kenjayev Burgutali Qovuljon oʻg’li

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari

Kengash a’zosi

9.

Botirova Sevara Mamurovna

Instutit xotin qizlari kengashi raisi

Kengash a’zosi

10.

Egamberdiyeva Shamsiya

Xotin qizlari masalalari bo`yicha fa`kultet dekani maslahatchi

Kengash a’zosi

11.

Abduvoxidov Elyor

Katta oʻqituvchi

Kengash a’zosi

12.

Ibraximov Barotjon Botirovich

Katta oʻqituvchi

Kengash a’zosi

13.

Ataxanov Baxtiyor

Katta oʻqituvchi

Kengash a’zosi

14.

Babajonova  Mavjuda

Katta o`qituvchi

Kengash a’zosi

15.

Ibragimova Nilufar Tuychiyevna

Katta oʻqituvchi

Kengash a’zosi

Fakultetda tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

  • Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari:

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakultetida 2023-yil davomida koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. Jumladan 2 nafar talaba Prezident granti sovrindori boʻldi.

4 nafar talaba "Yil talabasi-2023" respublika tanlovining turli yoʻnalishlarida g‘liblikni qoʻlga kiritishdi. “Islohotlar bilimdoni” Respublika koʻrik-tanlovi final bosqichi “Eng faol islohotlar targ‘ibotchi”si nominatsiyasi boʻyicha fakultetning

2-bosqich talabasi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.        

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oʻtkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumi gʻolibligiga fakultetning ikki nafar talabasi erishdi.

Namangan zakovat klubi tomonidan oʻtkazilgan Zakovatning yakkalik bahsi 2-tur oʻyinida NamDPI Zakovat klubi hamda fakultet yetakchisi, "Renessans" jamoasi sardori Mahkamov Mahmudjon Gʻolibjon oʻgʻli  30 ta bilimdon ichida saralov asosida finalgacha borib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. NamDPI "Zakovat" klubi, "Renessans" jamoasi Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan “2023-yilning Eng bilimdon jamoasi”  deb topildi.

"Ma'rifat maydoni" koʻrik-tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi, fakultetning "Ibrat izdoshlari" jamoasi 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashlik etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining   yoʻnalishlari boʻyicha talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtazish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejaga muvofiq oʻtkaziladi.

Fakultet oʻquv-uslubiy ishlari:

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish fakulteti professor-oʻqituvchilar tomonidan 6 ta darslik,  5 ta o`quv qo`llanma, 5 ta monografiya, 40 ga yaqin 12 ta uslubiy qoʻllanma va uslubiy koʻrsatmalar chop etilgan hamda amaliyotga joriy qilingan.

Fakultet talabalari orasidan horijiy va milliy sertifakatga ega talabalar mavjud boʻlib, ulardan C1 sertifikatga 11 nafar, B2 sertifikatga 131 nafarni tashkil etadi.

Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri:

Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilnmoqda. Nufuzli impakfaktori yuqori boʻlgan jurnallarda 50 dan ortiq maqolalar chop ettirildi. Xalqaro va respublikada oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy konfrensiyalarda oʻzlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, kafedra dotsenti Sh.N.Ubaydullayev 2023-yilning noyar oyida Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Seljuk universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.