English English English

Oʻz yoʻlingni oʻzing tanla!

  21.01.2025 11:15:21    21



Oʻz yoʻlingni oʻzing tanla!


Bugungi yoshlar xarakteriga xos jihat bu — qiziquvchanlikdir. Biror bir yangi narsa haqida eshitsa yoki ko'rsa, darrov uni sinab ko'rishga harakat qiladi. Buning oqibati esa ba'zan yaxshilik ba'zan esa yomonlik bilan tugashi mumkin.
Hozirda global muammolardan biri bo'lgan giyohvandlik balosi yoshni ham qarini ham, boyni ham kambag'alni ham o'z domiga birdek tortmoqda.
O'sha siz bilgan klassik narkotik moddalardan tashqari hozirgi kunda sintetik vositalar yoshlar "bozori"ga aylanib ulgurdi. Ular sotuvchilar tomonidan shunchaki asabni tinchlantiruvchi, uyquni yaxshilovchi, immunitetni ko'taruvchi dori vositalari sifatida sotiladi, ammo bu moddalar inson salomatligining kushandasidir. Yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak, bunday moddalar inson hayotini qurtdek yemiradi.
Giyohvand moddalar iste'moliga o'rganib qolish turli jarayonlarda kechadi. Avvalo, insonda atrof-muhitga bo'lgan qarash o'zgaradi, hammaga shubxa ko'zi bilan qaraydi. Yuragida havotirlik paydo bo'ladi. Keyingi bosqichda eforiya kuzatiladi. Bu sababsiz xursand bo'lishlikdir. Sekin-asta ong karaxt bo'la boshlaydi. Keyingi bosqich vasvasa, qo'rquv psixotik holatidir. Bu bosqichda inson ko'ziga turli narsalar ko'rinadi. Ovozlar kela boshlaydi. Oxirgi bosqichida inson tamoman giyohvand va psixotrop moddalari quliga aylanadi. Bu holatda insonda halovat bo'lmaydi. Nima qilayotganini bilmasdan fikri hayoli faqat u moddalarni topishda bo'ladi.
Eng achinarlisi, har yili yurtimizda 4 mingdan 7 minggacha kishi giyohvand moddalarni sotish, sotib olish bilan qamoqqa olinadi. Bunday vositalarni qabul qilayotganlar esa asosan, 12 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan shaxslardir.

Asosan giyohvand vositalar kimlarni qaram qiladi? Bunda shaxs holatining ahamiyati o'rinlidir. Irodasizlik, sabrsizlik, qiyinchiliklarda bardoshsizlik, hayotiy muammolar oldida ojizlik, oilaviy muammolar va undagi muhit giyohvand moddalarga moyillikni oshiradi.
Sitatistik ma'lumotlarga qaraganda, bu illat sababli dunyodan 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko'z yumadi. Jinoyatlarning 60 foizi ham giyohvandlar ulushiga to'g'ri keladi. Jahon hamyamiyatida giyohvand moddalarning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida BMT tomonidan "Narkotik moddalar to'g'risida"gi, "Psixotrop moddalar" hamda "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash tug'risida"gi konvensiyalar qabul qilinib, 26-iyun - "Xalqaro narkotik moddalarini suiste'mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" deb e'lon qilingan.
Yana shuni ham aytib o'tish kerakki, bu turdagi moddalar insonning faqat o'z salomatligiga emas, ba'lki kelajak avlodi ya'ni nasliga ham katta ta'sir o'tkazar ekan. Ular hujayralar genetikasini yemirishi, jinsiy hujayralarni yo'q qilishga harakat qiladi. Buning oqibatida nasl buzilishi, nogiron bolalarning ko'payishiga olib keladi.
Bu yo'ldan chiqib ketish juda qiyin. Faqat salomatlikkagina emas jamiyatdan hayotidan ham chiqib ketadi. Giyohvand va psixotrop moddalar iste'mol qilgan shaxs boshqa jinoyatga ham qo'l uradi. Pul topish maqsadida o'g'irlik qiladi, qotillikkacha borishi mumkin. Hatto oila a'zolaridan ham voz kechish darajasigacha borishadi.
Bu illatda qutilishning asosiy yo'li vaqtni to'g'ri taqsimlashdir. Ilm olish demakdir.
Ilmli insondan esa hech qachon yomonlikni kutib bo'lmaydi.

Isoqboyev Alisher Axmadjonovich
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor