English English English

REGISTRATOR OFISI

  19.03.2025 11:21:28    85


Registrator ofisi boshlig‘i:
Ubaydullayev shuxrat narzullayeich
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon raqami:             +(99899) 226 11 61
Elektron pochta:            sh_namspi_ubaydullayev@inbox.ru
Qabul kunlari:                dushanba–shanba, 9:00–12:00
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
Mutaxassisligi
Nemis tili, milliy maktablarda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi (1993)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
Qirg’iz ‘iston, Turkiya, Germaniya
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
Kasb-hunar kolleji o’quvchilariga madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish (nemis tili misolida) (2008 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
Nemis va o’zbek maqollarining lingvokulturologik tadqiqi
 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
Pedagogika, filologiya
Ilmiy rahbarligi
bakalavr (7), magistr (10), PhD (1).
Nashr qilingan maqolalari
Jurnal /OAK-18, xorijiy-19.
Konferensiya /respublika-24, xalqaro-10
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
Amaliy: ITD-1 Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish
h indeksi
4
O‘quv fani
 Amaliy tilshunoslik, o’qish va yosuv amaliyoti, xorijiy (nemis) tili
O‘quv-uslubiy ishlari
o‘quv qo‘llanma (3), boshqa o‘quv adabiyotlari (9).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
 Namangan davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.02 –ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar a’zosi;
Telegramm akkaunti
@sh_namspi_ubaydullayev
Rasmiy elektron pochtasi
e-mail:  sh_namspi_ubaydullayev @inbox.ru
Davlat mukofotlari
 



“REGISTRATOR OFISI” DIREKTORI LAVOZIM VAZIFALARI:
–    O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • OTTning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yo‘nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish;
  • bevosita bo`lim faoliyati, ofis xodimlarining ishini tashkil etadi va to`g`ridan-to`g`ri ularni boshqarish;
  • ofis xodimlarining lavozim yo`riqnomalarini ishlab chiqish;
  • talabalarga ko`rsatiladigan xizmatlarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
  • Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda ta’lim muassasasi tomonidan o`rnatilgan talablar asosida o`quv jarayonini tizim orqali to`g`ri tashkil etilishini hamda talabalar, professor-o`qituvchilar va xodimlarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
  • ofis tomonidan yo`lga qo`yiladigan xizmat turlarini kengaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
  • ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
  • talabalar, ota-onalarning taklif va shikoyatlarini ko`rib chiqish hamda nizoli holatlarni ijobiy hal etish;
  • Хizmat ko`rsatish (front office) va Ma’lumotlar bazasi (back office) bo`lim boshlig`i hamda menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilib boradi, baholash va rag`batlantirish bo`yicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
Registrator ofisini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri o‘quv jarayoni va bilimlarni baholash jarayonini ajratish, shuningdek, talabalarni oraliq va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazishdan iborat.
Talabaning asosiy maqsadi – tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yuqori sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Registrator ofisining asosiy vazifalari –  o‘quv bo‘limi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘limi,  ilmiy bo‘lim,  xalqaro aloqalar bo‘limlar faoliyati asosida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish va ilmiy darajaga erishishlariga yordam berishdan iborat.
Shu bilan birga:
Hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish – Kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish.
Abiturient va tashrif buyuruvchilarni qabul qilish – Ularni kerakli bo‘limlarga yo‘naltirish va savollariga javob berish.
Hujjatlarni saqlash va arxivlashtirish – Muhim hujjatlarni tartibga solish va kerakli paytda topishga tayyor holda saqlash.
Xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot berish – Rasmiy hujjatlar yoki ichki tartib-qoidalar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish.
Hemis bilan ishlash – Talabalarni hemis platformasiga to‘liq kiritilishini ta’minlash.
 O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektorining funksiyalari:
  • o‘quv jarayonini tashkil etishda institut va kafedralarga ko‘maklashish;
  • institut talabalarining o‘quv yutuqlarini ro‘yxat va hisobga olish jarayonini takomillashtirish;
  • kafedralar professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalarini hisoblash va shtat jadvalini ishlab chiqishni nazorat qilish;
  • ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aniq va o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish uchun ma’lumotlar bazasini yangilash;
  • statistik hisobotlar sifatini oshirish;
  • semestr fanlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish va talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • statistik hisobotlar sifatini oshirish;
  • talabalarning harakatiga buyurtmalar tayyorlash va tasdiqlash;
  • o‘rtacha ball (GPA) hisobini nazorat qilish;
  • chet ellik talabalarning viloyatda bo‘lishini qonuniylashtirish, chet ellik talabalarning harakatlanishini doimiy ravishda monitoring va nazorat qilish;
  • akademik reglament va tartiblarni ishlab chiqish va tahlil qilishda doimiy ishtirok etish. O‘quv-uslubiy tadbirlarni rejalashtirish;
  • akademik kalendarlarning o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshirish;
  • o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini belgilangan standartlarga muvofiq rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
  • institutning auditoriya va laboratoriya fondlarining hisobini yuritish;
  • o‘quv mashg‘ulotlari, imtihonlar, ish soatlari, talabalarning mustaqil ishlari uchun auditoriya fondini taqsimlash;
  • so‘rov bo‘yicha auditoriya fondini tezkor taqdim etishni ta’minlash;
  • kafedralarning o‘quv yuklamalari hisobini va bu yuklamalarning professor-o‘qituvchilar tarkibi o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanganligini tekshirish;
  • kafedralarning o‘quv yuklamalarining amalda bajarilishini nazorat qilish;
  • Davlat imtihonlarini va Davlat attestatsiya komissiyasi ishini mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkazish uchun auditoriya fondini taqsimlash.
 
 Talabalar harakatini muvofiqlashtirish sektorining funksiyalari:
  • akademik ta’tilni rasmiylashtirish;
  • sertifikatlar, akademik sertifikatlar, transkriptlar berish;
  • talabalar muvaffaqiyatini nazorat qilish;
  • talabalar ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish va axborot tizimini yangilash;
  • taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini tekshirish;
  • markaz bilan bog‘lanishda talabalarga axborot yordamini ko‘rsatish;
  • arxiv ma’lumotnomalari, dublikat diplom va arizalar, o‘qish joyidan ma’lumotnomalar berish;
  • «Talabalar»ni ro‘yxatga olish ma’lumotlar bazasini nazorat qilish;
  • institut talabalarining shaxsiy va akademik ma’lumotlari haqida ma’lumot tayyorlash;
  • “Ro‘yxatga olish idorasi” avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
  • javobgarlik hujjatlari shakllarini (diplom blankalari, akademik sertifikatlar, diplomga ilova va boshqalar) taqdim etish;
  • Davlat hujjatlari blankalarini (diplom varaqalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish ustidan nazorat qilish;
  • talabalar kontingenti harakatini shakllar va bo‘limlar bo‘yicha hisobini yuritish;
  • Davlat ta’lim grantlari bo‘yicha bo‘shatilgan o‘rinlarning hisobini yuritish;
  • talabalarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilish, saqlash va yuritish;
  • talabalar kontingenti harakatiga buyurtmalar tayyorlash;
  • talabalarni qo‘shish / tushirish davrida ularning so‘rovlariga ko‘ra ro‘yxatga olishni to‘g‘rilash;
  • joriy transkript va diplom ilovasini (transkript) yuritish va berish;
  • talabalarga akademik ta’tilni rasmiylashtirish, institut talabalari safidan cheltashtirish va o‘qishini boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilgan talabalarning universitet talabalar safidan chetlashtirilishi bo‘yicha buyruq loyihasini shakllantirish hamda tegishli yig‘ma hujjatlar jildini tayyorlash hamda talabalar safiga tiklash uchun hujjatlarni taqdim etish;
  • institut talabalariga oid buyruq loyihalarini shakllantirishda ularining to‘g‘ri va nizom asosida rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ro‘yxatga olish, saqlash va tegishli bo‘limlarga tarqatish;
  • bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://otm.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yo‘qotilgan diplom va ilovalar o‘rniga dublikat berish to‘g‘risidagi murojaatlarga javob qaytarish;
  • Idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “Ijro.gov.uz” tizimida registrator ofisiga tegishi hujjatlar bilan ishlash.