O‘ZBEKISTON — MALAYZIYA TA’LIM HAMKORLIGI: YANGI BOSQICH VA IMKONIYATLAR
08.02.2025 12:08:53 117

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga chiqib bormoqda. Joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni tadbiq etish va o‘quv jarayonlarining xalqaro darajaga ko‘tarilishida muhim qadam bo‘ldi. Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziyaning yetakchi universitetlari o‘rtasida imzolangan memorandumlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish yo‘lidagi yangi bosqichni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari mamlakatni xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvini jadallashtirishga qaratilganligi hamda o‘z navbatida, Malayziya o‘zining rivojlangan oliy ta’lim tizimi bilan Osiyo mintaqasida ilg‘or tajribaga ega davlatlardan biri sifatida tan olinganligi ikki davlat uchun ham manfaatli bo‘lgan istiqbolli loyihalarning poydevorini yaratadi.
Ayniqsa, Malayziya Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, diplomlarni tan olish jarayonlarini soddalashtirish va talabalar uchun xalqaro grant dasturlarini ishlab chiqish kabi muhim masalalar bo‘yicha kelishuvlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ularning xalqaro darajadagi malakali mutaxassis sifatida yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Ikki mamlakat vakillari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumlari ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi hamda forum davomida qabul qilingan qarorlar amaliy bosqichga o‘tib, yaqin yillarda ikki davlat yoshlari uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ta’lim tizimini kuchaytirish va global standartlarga mos kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib qoladi.

Javoxir Yuldashev
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i