English English English

SAMARQAND SAMMITI —MINTAQAVIY HAMKORLIKNING YANGI UFQLARI

  04.04.2025 08:59:41    33



SAMARQAND SAMMITI —MINTAQAVIY HAMKORLIKNING YANGI UFQLARI


2025-yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida muhim sammit bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda mintaqaviy va xalqaro rivojlanish muammolari, iqtisodiy hamkorlik va siyosiy aloqalar muhokama qilinadi.
Sammitning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish va savdo-sotiqni kengaytirishdir.
Tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasini iqtisodiy riivojlantirish, Investitsiya va investitsiyaviy muhutni yaxshilash, savdo-iqtisodiy, sarmoya, xavfsizlik, transport-logistika, energetika, ekologiya va Afg‘oniston kabi masalalar muhokama qilindi.
Iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida: 2025-yilga kelib, Markaziy Osiyo davlatlarining Yevropa Ittifoqi bilan savdo hajmi 20 milliard yevroga yetishi kutilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Ikki mintaqa o‘rtasida hamkorlikni yanada yaxshilashga, mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga yordam beradi.
Investitsiyaviy muhtini yaxshilash sohasida: Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyoga investitsiyalar 2020-yildan 2025-yilgacha 30% ga oshishi prognoz qilinmoqda. Bu investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Energiya resurslaridan hamkorlikda samarali foydalanish ikki mintaqa uchun birday dolzarb ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi hamkorlik yangi va samarali bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda, bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo energetika xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiiladii.
Shu bilan bir qatorda, Samarqandda o‘tkaziladigan sammitda transport infratuzilmasini rivojlantirish va yangi logistika yo‘nalishlarini ochish muhokama qilinadi. 2023-yildan 2025-yilgacha transport xarajatlarini 15% ga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu, mintaqaviy savdo va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish uchun zarur.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik muammolarni hal etish masalalari ham kutilmoqda. Bu, barqaror rivojlanish uchun muhimdir.
Madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va madaniy almashuvlarni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu, ikki mintaqa o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Sammitdan so‘ng, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida yangi iqtisodiy va siyosiy kelishuvlar imzolanishi kutilyapti. Ushbu kelishuvlar, mintaqada barqarorlik va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi kutilmoqda. Shuningdek, yangi investitsiya loyihalari va hamkorlik dasturlari e’lon qilinishi mumkin.
Samarqandda 2025-yil 3-4 aprel kunlari o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi sammiti, ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajaga olib chiqish imkoniyatini beradi. Ushbu tadbir, kelajakdagi hamkorlik va rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda, sammit natijalari mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sammitda innovatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Bu, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish jarayonida gender tengligini ta’minlash va ayollarning iqtisodiy faoliyatda ishtirokini oshirish masalalari ham muhokama qilinishi kutilmoqda.
Sammitda BMT, ISO va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etishi, loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ushbu sammit, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va kelajakda birgalikda ishlash imkoniyatlarini ochish uchun muhim platforma bo‘ladi.

BAXTIYOR ATAXANOV,
Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),dotsenti